Annabeth Gish

amerikalik aktrisa

Anne Elizabeth " Annabet " Gish (1971-yil 13-martda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U Shag, Hiding Out, Mystic Pizza, SLC Punk!, The Last Supper hamda Double Jeopardy kabi fimlardagi rollari bilan ommaga tanilishga erishgan. Anne Elizabeth televideniyeda X-Files filmida maxsus agent Monica Reyes, The West Wingda Elizabeth Bartlet Westin, Halt and Catch Fire serialida Diane Gould, Brotherhood filmida Eileen Caffeeni, The Bridge teleserialida Charlotte Millwrightni va Sons of Anarchyning yettinchi va oxirgi faslida Sherif Althea Jarry kabi rollarni ijro etgan.

Annabeth Gish
Tavalludi
Anne Elizabeth Gish

13-mart 1971-yil (1971-03-13) (53 yosh)[1]
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1986-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Wade Allen (turm. 2003)
Bolalari 2 nafar

Faoliyati tahrir

Gishning dastlabki bosh roli 1986-yilda oʻsmirlar uchun moʻljallangan Desert Bloom filmida boʻlgan. 1987-yilda u Jon Cryer bilan Hiding Out filmida oʻzini namoyon etgan. 1988-yilda esa Mystic Pizza filmida Julia Roberts obrazining singlisi Kat rolini gavdalantirgan. 1989-yili Gishning birinchi yirik telefilmdagi roli When He's Not a Stranger filmida zoʻrlash qurboni Lyn McKenna rolida boʻlgan. Aktrisa 1994-yilda Scarlett miniserialida Rhett Butlerning ikkinchi rafiqasi Anne Hampton obrazini tasvirlagan. U 1989-yilda Bridget Fonda, Phoebe Cates, Page Hannah, Jeff Yagher hamda Scott Coffey Shag komediyasida ham rol oʻynagan.

1994-yilda Kevin Kostner ishtirokidagi " Wyatt Earp " filmida u Vayattning bolalikdagi sevgilisi va oxirgi rafiqasi Urilla Sazerlend rolini ijro etgan. Keyingi yili u Oliver Stounning " Nikson " filmida Juli Nikson rolida paydo boʻldi. 1996-yili aktrisa Chiroyli qizlar filmida Tracey rolini ijro etgan. 1997-yilda Gish oʻzining filmlardagi dastlabki bosh rolini ijro etishi aniq boʻladi. U DC Comics super qahramoni tasvirlangan Steel filmi moslashuvida Shaquille O'Neal bilan birgalikda Susan Sparks obrazini gavdalantirishi kerak boʻlgan. Huddi shu yili, aktrisa True Women telefilmida Dana Delany va Angelina Jolie bilan birga Euphemia Ashby rolini ijro etgan. 1998-yili Gish SLC Punk! filmidaTrish ismli bosh doʻkon egasi sifatida koʻrinish beradi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Maʼlumotlarga koʻra, Gish ovozsiz filmlar aktirsalari — opa-singil Lillian Gish va Dorothy Gish bilan bogʻlikka ega emas[2]. Aktrisa The X-Files filmida kaskadyor sifatida ishtirok etgan Wade Allen bilan 2001-yil dekabr oyida uchrashishni boshlagan[3] Ular 2003-yilning oktyabr oyida turmush qurishdi va hozirda ularning ikki nafar farzandi bor[4][5][6].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol
1986 Hero in the Family Jessie
1986 Desert Bloom Rose Chismore
1987 Hiding Out Ryan Campbell
1988 Mystic Pizza Kat Araujo
1989 Shag Caroline „Pudge“ Carmichael
1989 When He's Not a Stranger Lyn McKenna
1990 Coupe de Ville Tammy
1991 The Last to Go Lydia
1992 Lady Against the Odds Sylvia Raffray
1993 Silent Cries Hazel Hampton
1994 Wyatt Earp Urilla Sutherland
1995 The Last Supper Paulie
1995 Nixon Julie Nixon Eisenhower
1996 Beautiful Girls Tracy Stover
1996 Donʼt Look Back Michelle
1996 What Love Sees Jean Treadway Holly
1997 True Women Euphemia Ashby
1997 Mayday—Flug in den Tod Maria Philips
1997 Steel Susan Sparks
1998 SLC Punk! Trish
1998 To Live Again Karen Holmes
1999 Double Jeopardy Angie Green/Angie Ryder
1999 God’s New Plan Claire Hutton
1999 Different Hope Goodell
1999 Sealed with a Kiss Robbie
1999 No Higher Love Claire Hutton/Young (obraz)
2001 The Way She Moves Amie
2001 Pursuit of Happiness Marissa
2001 Morning Lily
2001 Race to Space doktor Donni McGuinness
2002 Buying the Cow Nicole
2002 A Death in the Family Mary Follet
2004 Knots Greta Siegel
2004 Life on Liberty Street Denise Di Fiori
2005 Detective Cynthia Ernst
2006 Gillery’s Little Secret Gillery
2006 The Celestine Prophecy Julia
2006 Mojave Phone Booth Beth
2006 Desperation Mary Jackson
2006 Candles on Bay Street Lydia
2008 Of Murder and Memory Sally Linden
2009 An American Girl Chrissa Stands Strong Meg Maxwell
2010 At Risk detektiv Delma Sykes
2010 The Letter Beth
2011 The Chaperone Lynne
2011 Commerce Beth
2011 Texas Killing Fields Gwen Heigh
2011 Home Run Showdown Michelle
2012 A Mother’s Nightmare Maddie
2016 Before I Wake Natalie
2016 Grass Stains xonim Turner
2016 Term Life Lucy
2018 Nightmare Cinema Sahovatpesha
2018 A Father’s Nightmare Maddie Stewart
2018 Charlie Says Virginian Carlson
2019 Rim of the World Grace
2020 Butter Butterning psixologi[7]
TBA All Fun and Games  

Manbalar tahrir

  1. „Birthdays: March 13“. HoustonChronicle.com. Associated Press (12-mart 2014-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
  2. Roger Ebert, „Annabeth Gish plays it smart with 'Mystic' role“, Roger Ebert.com, October 16, 1998.
  3. „Instagram post by Annabeth Gish • Dec 10, 2016 at 1:25am UTC“ (inglizcha). Instagram. 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2017-yil.
  4. „Instagram post by Annabeth Gish • Oct 11, 2013 at 4:18pm UTC“ (inglizcha). Instagram. 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2017-yil.
  5. „Annabeth Gish and Husband Have a Son“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  6. Brotherhood star Annabeth Gish Has a Boy“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  7. N'Duka, Amanda „Mykelti Williamson, Ravi Patel, Annabeth Gish, Newcomer Alex Kersting Plus More Join Mira Sorvino In 'Butter'“. Deadline Hollywood (7-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.

Havolalar tahrir