Anomaliya (yun. anomalia) — meʼyor (norma)dan chetga chiqish (ogʻish); umumiy 533qonuniyatga zid holat: 1) biologiya va tib-biyotda — biror aʼzo yoki butun organizm tuzilishi va funksiyasining odatdagidan koʻra boshqacharoq boʻlishi, normadan chetga chiqishi. Odam va hayvonlardagi A.lar tugʻma (ona qornidayoq) va tugʻilgandan keyin paydo boʻlishi mumkin. Tugʻma nuqsonlardan majruhlik koʻproq uch-raydi. Orttirilgan A. (eshitish va koʻrish nuqsonlari, aqliy rivojlanishdan orqada qolish) turli kasalliklar oqibatida vujudga keladi; 2) pedagogika va psixologiyada — shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishda normadan chetga chiqishi. Bolalar A. sini maxsus ped. (defektologiya) oʻrganadi. Bosh miyada biror nuqsonni toʻldirib yuborish xu-susiyati kuchli boʻlganligi uchun bolalarda A. hodisasiga qarshi keng pedagogik ishlar olib borish mumkin; 3) magnit A.lar — Yer sirtidagi magnit maydon qiymatining meʼyordagidan ogʻishi, yaʼni qiymati magnit A. tarqalish hududidan ancha katta boʻlgan hududda geomagnit maydonni ifodalaydi. Qamrab olingan hudud kattaligi boʻyicha mintaqaviy, hududiy va cheklangan magnit A.lariga boʻlinadi; 4) ogʻirlik kuchi Axi — amaldagi ogirlik bilan yer sharining tuzili-shiga qarab hisoblab chiqilgan ogʻirlik kuchi oʻrtasidagi farq; bu farq yer sharining umumiy tuzilishiga va kuzatilayot-gan nuqta atrofidagi togʻ jinslarining zichligiga bogʻliq. Jinslar zichligi yer sharining oʻrtacha zichligidan farq qilsa, ogʻirlik kuchi A. si roʻy beradi. Ogirlik kuchi va magnit A.larini oʻrganish geologik tadqiqotlarda, xususan, foy-dali qazilmalarni geofizik usullar bilan qidirishda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil