Anomozamit (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy oʻsimliklar turkumi. Hozirgi vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uch-raydi. Barglari yirik va patsimon, yaprogʻining oʻrta qismi segmentlarga boʻlingan. Hozirgi gacha A.ning 20 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Pomir, Zarafshon togʻlari, Fargʻona vodiysining jan., shim., sharqiy hududlari, Hisor togʻlari, Turkmaniston, Qoratov, Mangʻishloq, Janubiy Qozogʻiston, Issiqkoʻl va boshqa joylarning yura hamda Shimoliy Germa-niya, Shpitsbergen, Grenlandiyaning boʻr qatlamlaridan topilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil