Anordoshlar
Anordoshlar (Punicaceae) — yopiq urugʻlilar boʻlimiga mansub oʻsimliklar oilasi. A. buta yoki kichikroq daraxt boʻlib, gullari ikki jinsli, toʻgʻri (ak-tinomorf), kosachasi qoʻngʻiroqsimon, tojbarglari 5-9 ta, changchilari koʻp, barglari mayda, uzun, yonbargchasiz. Shox va novdalari tikanli. A.ning faqat bir turkumi — anor bor. Oʻzbekistonda bit-ta yovvoyi tur (P. granatum L.) oʻsadi. Eki-ladigan anor navlari ham ana shu turdan kelib chiqqan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |