Anortozit — gabbro guruhiga mansub magmatik togʻ jinsi. Asosli yoki oʻrta asosli plagioklazdan iborat. Tarkibida olivin, piroksen magne-tit boʻladi. Oq, kulrang, toʻq kulrang, qoramtir rangli boʻladi. Alar plagio-klazning tarkibiga qarab, labradoritlar, bitovnititlar, anortitli Alarga boʻlinadi. A. Ukrainada Volin, Rossiyada Kola yarim orolda bor. A. fizik, kimyoviy nu-rashlarga chidamli boʻlganidan haykallar yasash, imoratlarni, metropolitenlar va yodgorliklarni bezashda qoplama materi-al sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil