Anosmiya
Anosmiya (yun. an — inkor qoʻshimchasi va osme — hidlov, hid bi-lish) — hid bilmaslik; koʻpincha burun boʻshligʻi toʻqimalarining oʻtkir va su-runkali yalligʻlanishi, shuningdek hid bilish nervining zararlanishi, mar-kaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va boshqa sabab boʻladi. Burun yoʻllarining berkilib qolishi sababli hidli moddalarning dimoqqa kirolmas-ligi natijasida respirator A. hidlov analizatorining zararlanishi natijasida nevrogen A., hidlov hujayralarining atrofiyasi oqibatida qarilikdagi A. kelib chikadi. Tuta A. ham bor. Taʼm bi-lishda hidlovning ahamiyati katta, shuning uchun A.da taʼm bilish sezgisi ham juda pasayadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |