Anpachi (Gifu)
Anpachi (yaponcha: 安八町 Anpachi-chō ) Yaponiyaning Gifu prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharda 5291 ta xonadonda 15072 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 830 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 18,16 kvadrat kilometrni tashkil etdi (7,01 mi²).
Anpachi 安八町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°20′7.2″N 136°39′55.4″E / 35.335333°N 136.665389°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 18.19 km2 (7.02 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2018-yil 1-dekabr) |
15 072 |
Zichligi | 830 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0584-64-3111 |
|
Geografiyasi
tahrirAnpachi Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy hududida, Nobi tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Shahardan Ibi daryosi va Nagara daryosi oqib oʻtadi. Shahar botqoqli tekisliklarda bunyod etilgan boʻlib, koʻpincha suv toshqinlari yuzaga kelishi kuzatiladi.
Iqlimi
tahrirShahar issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Anpachida oʻrtacha yillik harorat 15,4 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,7 °C, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladi[2].
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirDemografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Ampachi aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 12,354 | — |
1980 | 13,901 | +12.5% |
1990 | 15,085 | +8.5% |
2000 | 15,078 | −0.0% |
2010 | 15,271 | +1.3% |
2020 | 14,355 | −6.0% |
Tarixi
tahrirAnpachi atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan va „Anpachi“ nomi Nara davri yozuvlarida, shu jumladan Nihon Shokida ham uchraydi. Edo davrida u asosan Ōgaki domeni tomonidan nazorat qilingan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Anpachi tumani tarkibida tashkil etilgan. 1955-yilda Musubu, Namori va Maki nomli uchta qishloq birlashib, Apache qishlogʻini tashkil etgan. 1960-yil 1-aprelda Anpachi shaharcha maqomini oldi[4].
Iqtisodiyoti
tahrirMahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi qishloq xoʻjaligi (guruch, sabzavot, sut, parrandachilik) va yengil sanoat (kompyuter bilan bogʻliq mahsulotlar, sut mahsulotlari, kimyo) mahsulotlari husoblanadi.
Taʼlim tizimi
tahrirAnpachida uchta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirShaharda yoʻlovchi temir yoʻl qatnovi mavjud emas.
Magistral yoʻl
tahrir- Meishin tezkor yoʻli
- Milliy yoʻnaish
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrirShaharda uzunligi 300 m dan ortiq boʻlgan fotovoltaik energiya ishlab chiqarish inshooti Quyosh Arkasi joylashgan[5].
Qardosh shahar munosabatlari
tahrirYaponiyada
tahrir- Fukui, Fukui, Yaponiya
Chet elda
tahrirAnpachilik taniqli odamlari
tahrir- Arashiyama Jirō — 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida dzyudo boʻyicha kumush medal sovrindori
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ampachi town official statistics(yaponcha)
- ↑ Anpachi climate data
- ↑ Anpachi population statistics
- ↑ „History of Anpachi“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
- ↑ „Sun Ark“ (Japanese). Anpachi official website. 2011-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-avgust.
- ↑ „International Exchange“ (English). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)