Anqa-Qalʼa

Qadimiy Xorazm qalʼasi.

Anqa-Qal’a – hozirgi Oʻzbekiston hududidagi qal’a xarobasidir. U Qoʻyqirilgan-Qal’a xarobasidan ikki kilometr sharqda joylashgan[1]. Qal’a qadimiy Xorazmiyada joylashgan.

Anqa-Qal'a
Manzilgoh Xorazm
Turi Qalʼa
Hudud 75 m x 75 m
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil. avv. III-IV asrlar

Qal’a toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, qal’a joylashgan hududning oʻlchami 75×75 metrni tashkil qiladi. Qal’aning oʻrtasida himoya yoʻlagi boʻlgan qoʻshaloq devor bor. Tashqi devorning qalinligi taxminan 2,4 m, ichki devori esa bor-yoʻgʻi 1,2 m[2]. Qal'a toʻrt burchagining har birida bittadan himoya minoralari joylashgan. Yana xuddi shunday uchta minora devorning oʻrtasida shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy va janubi-gʻarbiy taraflarida joylashgan. Janubi-sharqiy tomonda kirish darvozasi joylashgan boʻlib, uning yon tomonida yana ikkita minora devor bilan (8×5 m) oʻralgan. Burchak minoralari uzunligi 11×11 m boʻlib, qal'a devoridan baland qilib qurilgan. Har bir qal’a ichidagi minoralarning ichki koʻrinishi va tuzilishi boshqa minoralardan ajralib turgan. Minoralarning tashqi devorlari va qal’a devorlarida qator-qator naqshlar bezatilgan. Ular bir-biridan taxminan 1,3 m uzoqlikda qurilgan va har bir binoning uzunligi 4,3 m balandlikda joylashgan. Qal’aga kirishni taminlovchi faqat bitta darvoza mavjud. Tashqi devorlarning loydan yasalgan gʻishtlar 40×40×10x15 sm atrofida boʻlgan.

Qal’aning oʻrtasida kvadrat shakldagi ancha yoshroq (18×18 m) bino joylashgan boʻlib, ushbu bino X-XII asrlarga tegishli[3].

Manbalar

tahrir
  1. Nasiba S. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, Lehmziegelgewölbe vom 4./3. Jt. v. Chr. bis zum Ende des 8. Jhs. n. Chr. (Archäologie in Iran und Turan, Bd. 7), Verlag Philipp von Zabern, Mainz 2008, ISBN 978-3-8053-3906-3, S. 248.
  2. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, S. 249.
  3. Baimatowa: 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, S. 248.