Ansorlar

Muhammad(sav) sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 yil Makkadan Madinaga koʻchib borgan musulmonlar

Ansorlar (arab.- yordamchilar, safdoshlar) — Muhammad(sav) sahobalari bir tabaqasining nomi. 622 yil Makkadan Madinaga koʻchib borgan musulmonlar (muhojirlar)ga va Muhammad(sav)ga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan Madinalik Avs va Hazraj qabilalarining aʼzolari. Ansorlar muhojirlar bilan birga ilk musulmonlar jamoasini tashkil etgan. Ansorlar Badr jangidan eʼtiboran Muhammad(sav)ning Makkalik mushriklarga qarshi yurishlarida faol ishtirok etdilar. Keyingi siyosiy voqealarda ham Ansorlarning roli katta boʻldi. Paygʻambarimiz Muhammad(sav) vafotidan soʻng ular oʻz ichlaridan xalifa saylashga urinib koʻrdilar. Lekin Avs va Hazraj qabilalari oʻrtasidagi raqobat bunga yoʻl qoʻymadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil