Antekliza (anti … va yun. klisis — ogʻish) — yotiqroq antiklinal koʻtarilma shaklidagi platforma poydevorining asosiy tektonik tuzilmasi. A yadrosi yoki asosiy platforma poydevori kem-briydan oddingi kristall jinslardan tuzilgan; bu jinslar ustida esa choʻkindi jinslar qatlami yotadi. A., asosan bir necha geologik davrlar ichida yuqoriga yoʻnalgan tektonik harakatlar natija-sida paydo boʻladi. Bu harakatlar taʼsirida A. yadrosidagi kristall jinsli poydevor har xil tezlik bilan koʻtarilishi natijasida ayrim qismlarga ajralib ketadi. Choʻkindi jinslar qalinligi A. gumbazida uning yon bagʻirlaridagiga qaraganda koʻproq boʻladi. A.ning koʻp joylarida choʻkindi jinslar umuman boʻlmaydi, bunday yerlarda kristall jin-sli poydevor yer yuzasiga chiqib qoladi (qarang Sinekliza).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil