Anthony David Driscoll-Glennon (talaffuzi: Entoni Devid Driskoll-Glennon) (1999-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Anthony Glennon EFL ikkinchi ligasining vakili „Grimsby Town“ klubi jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Anthony Glennon
Glennon 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anthony David Driscoll-Glennon[1]
Tavallud sanasi 26-noyabr 1999-yil (1999-11-26) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Bootle, Angliya
Boʻyi 1.81m
Ampluasi chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Grimsby Town
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2018 Liverpool
2018—2019 Burnley
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2022 Burnley 0 (0)
2020Grimsby Town (ijara) 12 (1)
2022Barrow (ijara) 15 (0)
2022 Grimsby Town 13 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr 17:22 (utc) uchun)

Anthony Glennon „Liverpool“ va „Burnley“ klublarining yoshlar jamoasida futbol oʻynagan. Anthony Glennon 2020-yilda „Grimsby Town“ klubi tarkibiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.

Faoliyati tahrir

Liverpool tahrir

Merseyside shtati Bootle shahrida tugʻilgan Anthony Glennon futbolchilik faoliyatini Trent Alexander-Arnold bilan birga mahalliy yoshlar jamoasi „Croxteth Park“da oʻynashdan boshlagan[3]. Anthony Glennon olti yoshida „Liverpool“ klubining akademiyasiga qoʻshildi va akademiyada oʻn yildan koʻproq vaqt oʻtkazdi. Akademiyani tugatgandan soʻng Neil Critchley murabbiyligi ostidagi „Liverpool“ klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasiga oʻtdi[4]. Anthony Glennon mavsum oxirida „Liverpool“ klubi (professional klub) bilan shartnoma imzolay olmadi va erkin agentga aylandi[3].

Burnley tahrir

Anthony Glennon 2018-yil iyul Angliya Premer-ligasining vakili „Burnley“ klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. 2020-yil 7-yanvarda Anthony Glennon EFLning ikkinchi liga jamoasi „Grimsby Town“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga shartnomasi asosida oʻtdi.

Anthony Glennon 2022-yilning yanvarida „Barrow“ klubiga ijara asosida qoʻshildi[6]. 2022-yil 10-iyun kuni „Burnley“ klubi Anthony Glennon bilan imzolagan shartnoma muddati tugagach, oy oxirida klubni tark etishini eʼlon qildi[7].

Grimsby Town tahrir

2022-yil 29-iyunda Anthony Glennon ilgari ijara asosida oʻynagan sobiq jamoasi „Grimsby Town“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi[8][9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Burnley 2019—2020[10] Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2020—2021[11] Angliya Premer-ligasi 0 0 2 0 1 0 3 0
2021—2022[12] Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 2 0 1 0 0 0 3 0
Grimsby Town (ijara) 2019—2020[10] Ikkinchi liga 12 1 12 1
Barrow (ijara) 2021—2022[12] Ikkinchi liga 15 0 1 1 16 1
Jami 27 1 3 1 1 0 0 0 31 2

Manbalar tahrir

  1. „Anthony Driscoll-Glennon: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 9-iyul 2020-yil.
  2. „Anthony Glennon“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 26-yanvar 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 Findlater. „Who is Anthony Glennon? The lowdown on Grimsby Town's first January signing“. Grimsby Telegraph (7-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 6-fevral 2021-yil.
  4. Lynch. „Meet the Academy: Anthony Glennon“. Liverpool F.C. (8-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 6-fevral 2021-yil.
  5. „Anthony Glennon - Defender - U23 Team - Burnley Football Club“. www.burnleyfootballclub.com. [sayt ishlamaydi]
  6. „Barrow sign Burnley defender Glennon“. BBC Sport.
  7. InCrowd. „BURNLEY FC RETAINED LIST CONFIRMED“ (inglizcha). Burnley Football Club. Qaraldi: 10-iyun 2022-yil.
  8. „Glennon is Back! - Grimsby Town Football Club“ (inglizcha). gtfc.co.uk (29-iyun 2022-yil). Qaraldi: 29-iyun 2022-yil.
  9. „Grimsby re-sign defender Glennon on permanent deal“.
  10. 10,0 10,1 „Games played by Anthony Glennon in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 26-yanvar 2020-yil.
  11. „Games played by Anthony Glennon in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil.
  12. 12,0 12,1 „Games played by Anthony Glennon in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-yanvar 2022-yil.