Antidetonatorlar — motor yonilgʻilariga ularning detonatsiyaga qarshi turgunligini oshirish uchun oz miqdorda (1% gacha) qoʻshiladigan ki-myoviy birikmalar. Eng samarali A. ga qoʻrgʻoshin tetraetil R (S2N5)4, koʻrgʻoshin tetra-metil R (SN3)4, mar-ganes metilsik-lopentadiyeniltrikar-bonil SN3S5N4Mp(SO)3, temir penta-karbonil Fe(CO)5 va boshqa kiradi. Bulardan qurgʻoshin tetraetil keng qoʻllaniladi, chunki boshqa A. ishlatilganda karbyu-rator dvigatellarining yonish kamerasi devorlarida koʻp miqdorda qattiq qurumlar hosil boʻlib, uning ishlashiga salbiy taʼsir etadi. Bu A. tarkibiga „qoʻrgʻoshinni biriktirib oluvchilar“ (etilbromid, dibrometan, dibrompro-pan) qoʻshiladi. Ular qoʻrgʻoshin bilan uchuvchan birikmalar hosil qilib yonish kamerasidan oson chiqib ketadi. Tarki-bida qoʻrgʻoshin tetraetil boʻlgan motor yonilgʻilar etillangan motor yonilgʻilar deb ataladi. Ular oʻta zaharli boʻlganligi uchun ishlatayotganda juda ehtiyot boʻlish kerak.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil