Antidiuretik gormon nomuvofiq sekretsiyasi sindromi
Antidiuretik gormon notoʻgʻri sekretsiyasi sindromi — antidiuretik gormoni (ADG) va gipofiz bezining orqa qismidan yoki boshqa anormal manbadan suv-tuz almashinuvining fizlogik holatiga nomuvofiq ajralishi bilan tavsiflanadi[1]. Ortiqcha miqdorda sekretsiya qilingan ADG buyrak kanalchalari tomonidan venoz qon aylanishiga reabsorbsiya qilinadigan suvning davomiy koʻpayishiga olib keladi.
Sindromning sabablari oltiga boʻlinadi: 1) ADG sekretsiyasini nazorat qilish joyi boʻlgan gipotalamusni bevosita stimullaydigan markaziy nerv sistemasi kasalliklari; 2) ektopik ADGni sintez qiluvchi va ajratuvchi turli xil saraton kasalliklari; 3) oʻpkaning turli kasalliklari; 4) gipotalamusni kimyoviy qoʻzgʻatuvchi bir qancha dorilar; 5) irsiy mutatsiyalar; va 6) har xil, asosan, vaqtinchalik patologiyalar.
Belgilari
tahrirHazm tizimi
tahrir- Anoreksiya
- Koʻngil aynishi
Tayanch-harakat tizimi
tahrir- Mushak ogʻrigʻi
- Umumiy mushaklar kuchsizligi [2]
Neyro-mushak tizimi
tahrir- Mioklonus [2]
- Reflekslarning kamayishi [2]
- Ataksiya [2]
- Patologik reflekslar [2]
- Tremor [2]
- Asteriksis [2]
Nafas olish tizimi
tahrir• Cheyn-Stoks nafasi
Nevrologik
tahrirDiagnostika
tahrirTashxis qon zardobi osmolyarligining pastligi va klinik va laborator tekshiurvlarda natriy miqdorining kamaygan miqdoriga asoslanadi[3].
Siydik tahlilida natriyning yuqori fraksiyada ajralishi bilan yuqori konsentrlangan siydik aniqlanadi (Qon zardobdagi natriyning sshydikdagi natriyga nisbatan miqdori kamligi)[4]. Taxminiy tashxis qon zardobidagi natriy miqdorining 138 mmol/l dan kam boʻlishiga asoslanadi. Tasdiqlangan tashxis yettita koʻrsatkichning tasdiqlanishiga asoslanadi: 1) qon zardobining osmolyarligining pasayishi – <275 mOsm/kg suv; 2) siydikda natriyning yuqori konsentratsiyasi - 40 mEq / L dan yuqori, tuzni yetarli darajada isteʻmol qilgan holatda; 3) yaqin muddatda diuretik qoʻllanilmaganligi; 4) Hujayralararo suyuqlik hajmining kamayishi yoki ortishi belgilarining yoʻqligi; 5) arterial qon hajmining kamayishi belgilari - sirroz, nefroz yoki tugʻma yurak yetishmovchiligi; 6) buyrak usti va qalqonsimon bezning normal ishlashi; va 7) giperglikemiya (qandli diabetda), gipertrigliseridemiya yoki giperproteinemiya (miyelomada) ning mavjud emasligi[1].
Davolash
tahrirSindromni qanday davolash simptomlar mavjudligiga, giponatremiyaning ogʻirligiga va davomiyligiga bogʻliq. Davolash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Iloji boʻlsa, asosiy sababni yoʻq qilish.
- Qabul qilinayotgan suyuqlik 500-1000 mldan oshmasligi kerak[5].
- Ogʻir alomatlari boʻlgan bemorlarga (ongning buzilishi, konvulsiyalar yoki koma) gipertonik eritmalar (3%) 1-2 ml / kg tomir ichiga 3-4 soat ichida yuborilishi kerak.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 "SIADH associated with ciprofloxacin". The Annals of Pharmacotherapy 47 (10): 1359–63. October 2013. doi:10.1177/1060028013502457. PMID 24259701. https://archive.org/details/sim_annals-of-pharmacotherapy_2013-10_47_10/page/1359.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 Thomas. „Syndrome of Inappropriate Antidiuretic Hormone Secretion“. Medscape (2018-yil 30-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
- ↑ Gross, P (April 2012). "Clinical management of SIADH.". Therapeutic Advances in Endocrinology and Metabolism 3 (2): 61–73. doi:10.1177/2042018812437561. PMID 23148195. PMC 3474650. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3474650.
- ↑ Thomas. „Syndrome of Inappropriate Antidiuretic Hormone Secretion: Practice Essentials, Background, Pathophysiology“. Medscape (2017-yil 22-aprel). Qaraldi: 2017-yil 16-sentyabr.
- ↑ Schürer, Ludwig „Water and Electrolyte Regulation“, . Neurosurgery, European Manual of Medicine Lumenta: , 2010 — 611–5-bet. DOI:10.1007/978-3-540-79565-0_40. ISBN 978-3-540-79565-0.