Koma
Koma (qadimgi yunoncha: kota — chuqur uyqu) — komatoz holat boʻlib, hayotga xavf tugʻdiruvchi holatdir. Markaziy asab tizimi faoliyatining izdan chiqishi, butunlay hushdan ketish, tashqi taʼsirlarga javob bermaslik va organizmning hayot uchun muhim funksiyalari boshqarilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Odatda, Komadan oldin koma oldi holati kuzatiladi, bunda nafas olish va tomirlar tonusi oʻzgaradi, puls sekinlashadi, issiqlikni idora etish (termoregulyasiya) buziladi. Markaziy nerv sistemasi kasalliklari (insult, miya oʻsmasi, bosh miyaga qon quyilishi, miya koʻpchishi va boshqa jarohatlar), baʼzi yuqumli kasalliklar (infeksion meningit, ensefalit), shuningdek, buyrak va jigar kasalliklarida turli zaharlarnishlar (doridan, alkogoldan) Komaga sabab boʻladi. Komaning qanday yuzaga kelishidan qatʼi nazar, uning asosida bosh miya poʻstlogʻi faoliyatining buzilishi (bosh miyada qon hamda orqa miya suyuqligi aylanishining buzilishi, miya ichki bosimining koʻtarilishi, minerallar va kislota-ishqor muvozanatining aynishi va boshqa pa-tologik jarayonlar yotadi. Koma holati turli kasalliklarning oʻziga xos alomatlari bilan kechadi.
Koma | |
---|---|
Simptom | |
KXK-10 | R40.2 |
KXK-9 | 780.01 |
DiseasesDB | [1] |
Turlari
tahrirKomaning quyidagi turlari mavjud:
- Miya komasi;
- Jigar komasi;
- Buyrak komasi;
- Diabet komasi:giper- va gipogelekim turdagi.
Lekin „Koma“ termini aksari qandli diabet oqibatida kelib chiqadigan ogʻir holatni ifodalash uchun ishlatiladi (diabetik Koma). Ogʻir Koma terminal holat hisoblanadi. Davo Komaga sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat. Koma xolatidagi bemor darhol kasalxonaga yotqiziladi va zudlik bilan tegishli davo choralari koʻriladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |