Antifon (yun. antiphonos — javo-ban sadolanuvchi; anti — qarshi va phon — ovoz, tovush) — ikki xorning yoki yakkaxon xonanda bilan xorning navbatma-navbat kuylashi. Kelib chikishiga koʻra yunon fojiasi bilan bogʻliq boʻlib, unda xor ikkiga ajralib kuylagan. Keyinchalik turli cherkov xorlariga, jumladan xristian diniy-musikiy marosimiga kiritilpsh. A. uslub sifatida Yevro-pa kompozitorlarining koʻp asarlarida qoʻllanilgan. Oʻzbek xalqi musiqasida ham A. us-lubi mavjud, ayniqsa, anʼanaviy kat-ta ashu-la, yalla va boshqa ijrochiligida kuzatiladi. „Shashmaqom“ning aytim yoʻllarini ijro etishda yakkaxon bilan bir guruh xonandalar yoki ayollar bilan erka-klarning navbatma-navbat kuylashi ham A. hisoblanadi. M. Burhonov, S. Boboyev, B. Umidjonov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining joʻrsiz xor uchun yaratgan asarlari ham A. ga misol buladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil