Antifrizlar
Antifrizlar (anti … va ing. freeze -muzlatish) — ancha past (- 75° dan 0° gacha) temperaturada muzlamaydigan suyu-kliklar; 0° temperaturadan past temperaturada ishlay-digan inki yonuv dvigateli va boshqa turli qurilmalarning sovitish tizimlarida ishlatiladi. Issiqlik hajmi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, qaynash va alangalanish temperaturasi yuqori; past temperaturada qovushokligi 559kam. A. sovitish tizimi detallarini zan-glatmasligi, shlanglar va qistirmalar materi-allarini yemirmasligi kerak. Shuning uchun A. etilenglikol, glitse-rin, baʼzi spirtlarning suvdagi eritmasi va boshqa organik birikmalardan tayyorla-nadi. Koʻproq etilenglikolning suvdagi eritmasi ishlatiladi. Uning muzlash temperaturasi — 65° gacha.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |