Antilivan — Suriya bilan Livandagi togʻlar. Uz. qariyb 100 km, balandligi 2814 m gacha (Ash-Shayx togʻi). Yer yuzasi platodan iborat, gʻarbiy tomoni tik, sharqiy tomoni zinapoyaga oʻxshab pasayib boradi. Ohaktosh va qumtoshdan iborat. Sharqida chala choʻl oʻsimliklari, gʻarbiy togʻ yon bagʻri va vodiylarda doim yashil dub oʻsadi. A.dan Damashq — Bay-rut avtomo-552bil yoʻli va temir yoʻl oʻtgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil