Antimutagenlar
Antimutagenlar (yun. ami – qarshi va mutagenlar) – sunʼiy (indutsirlangan) yoki tabiiy (spontan) mutatsiyalarning paydo boʻlishini kamaytirish xususiyatiga ega moddalar. Antimutagen taʼsirga ega boʻlgan preparatlar turli tipdagi kimyoviy birikmalardan iborat: purinli ribozidlar; alifatik poliaminlar; akridin va uning aminli hosilalari; xinakrin va uning analoglari; benzakridin va xinolin hosilalari; antibiotiklar (streptomi-sin, xloramfenikol, aktinomitsin D); sulfanilamidli preparatlar; digidro-piridinlar va 3-oksipiridinlar; baʼzi aminokislotalar; fenolli birikmalar (gʻallatlar, ionol, parakvatlar, katexinlar); aminopropionli kislotalarning anilidlari va boshqa Basharti kimyoviy muta-genlar tabiiy (spontan) mutatsiyalarning vujudga kelishida muhim ahamiyatga ega ekan, demak hujayralarda bu mutagenlar qarama-qarshi taʼsir koʻrsatuvchi anti-mutagen kuchga ega, ammo asosiy vazifasi mutatsiyalarning tabiiy sodir boʻlish tezligini susaytirishdan iborat bufer tizim ham boʻlishi kerak. Katalaza shunday taʼsirga ega. Katalaza ishtirokida vodorod peroksidining mutagen taʼsiri tezda toʻxtaydi. Atrof muhit omillari (radiatsion, kimyoviy va boshqalar) mutagen taʼsiri xavfining tobora oshib borishi sababli, universal antimutagenlarni yaratish muammosi oʻta muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |