Antioksidlovchilar, anti-oksidantlar, oksidlanish ingibitorlari — moddalarning molekulyar kislorod bilan oksidlanishiga yoʻl qoʻymaydigan yoki oksidlanishini sekinlashtiradigan moddalar. A. ga koʻp atomli fenollar, aromatik aminlar, dialkilsulfidlar, dialkil fosfat va diarilditiofosfatlar (rux tuzi), dialkilditiokarbamatlar (kad-miy, rux tuzlari) va boshqa kiradi. Organik birikmalarning oksidlanish jarayoni zanjir reaksiya tarzida boradi; ok-sidlanishning birinchi bosqichi erkin holatdagi faol peroksid radikal (RO2), alkoksil (RO) va alkil ® radikallar ishtirokida boʻladi. A. shu radikallar bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishning toʻxtashi yoki sekinlashishiga — zanjir reaksiyaning uzilishiga sabab boʻladi. Samarali A. moddalarga juda oz miqdorda (0,01 — 0,001%) qoʻshilganda ham ularning oksidlanish tezligini keskin kamaytiradi va maʼlum vaqtgacha (toʻxtash davri, induksiya) ularda oksid-lanish mahsulotlari hosil boʻlmaydi. A.ning taʼsirchanligi ularni reaksiyaga kiritish paytiga bogʻliq. Ular moddalarga oksidlanish jarayoni boshlanmasdan avval qoʻshilsa, juda yaxshi natija beradi. Transformator, turbina va mo-tor moylariga A. qoʻshilganda, ularning ishlash muddati 2 — 4-marta uzayadi. A. kauchuk va oziq-ovqat sanoatida ham ish-latiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil