Antiperistaltika (anti… va yun. peristaltikos — ichakdagi suyuqlikni suradigan kuch) — qiziloʻngach, meʼda va ichaklarning pastdan qisqarishi. Odatda ovqat moddalari, suyuklik ogʻiz boʻshligʻidan halqum, qiziloʻngachning yuqoridan pastga qarab boʻgʻimma-boʻgʻim qisqarishi tufayli meʼ-daga, soʻnfa ichakka yoʻnaladi. Bunda hazm aʼzolari devoridagi halqasimon silliq muskullar yuqoridan pastga qarab na-vbat bilan qisqarsa, uzunasiga joylashgan muskullar esa qisqarib ichak boʻshligʻini kengaytirib, chayqaltiradi. Sifatsiz ovkat isteʼmol qilinganda halqasimon muskullar, aksincha, pastdan yuqoriga — ogʻiz boʻshligʻiga qarab qisqaradi. Uzunasiga joylashgan muskullar esa boʻshashadi. Natijada ichakdagi ovkat yuqoriga — ogʻiz bushligʻi tomon yoʻnalib, qusish jarayoni vujudga keladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil