Antipirenlar (anti … va yun. rug -olov) – yogʻoch, mato va boshqa organik materiallarni oʻz-oʻzidan yonib ketishdan himoya qilish maqsadida ularga shimdiriladigan modda yoki aralashmalar. Antipirenlar taʼsir xususiyatlariga qarab quyidagi xillarga boʻlinadi: 1) quyi temperaturalarda zich suyuq parda hosil qilib materialning yonishi uchun zarur boʻlgan kislorod yoʻlini toʻsuvchi antipirenlar; 2) qizdirilganda materialning oʻz-oʻzidan yonish jarayonini susaytiruvchi antipirenlar; 3) parchalanib, koʻp miqdordagi issiqlikni yutuvchi va yonmaydigan gazlar hosil qiluvchi antipirenlar; 4) gaz holidagi va kondensirlangan fazalarda oksidlanishni susaytiruvchi antipirenlar; 5) reaksiya yoʻnalishini kul va qurumsifat mahsulotlar hosil boʻlish tarafiga oʻzgartiruvchi antipirenlar. Ammoniy fosfatlari (diammoniy fosfat, monoammoniy fosfat, mono- va diammoniy fosfat aralashmalari), ammoniy sulfat, bura va borat kislota kabi A keng tarkalgan. Amaliyotda yuqorida keltirilgan antipirenlar qatorida endigina boshlangan alangadan himoya qiluvchi moddalar: DSK-P (diammoniy fosfat, ammoniy sulfat va kerosinli kontakt), PPL – potash va kerosinli kontakt asosidagi suyukliklar, Fanlar Akademiyasi – mochevina – formaldegid smola koʻshilgan furfurol-atseton aralashma asosidagi boʻyoq, PXVO – perxlorvinil smola asosidagi, MXS – xlorparafin va boshqa komponentlar asosidagi moysimon; superfosfat – ohak – loy va boshqa asosidagi surkov moylari ham ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil