Antisfen
Antisfen (miloddan avvalgi taxminan 450 — taxminan 360, Afina) — yunon faylasufi, kiniklar maktabi asoschisi, Sokrat shogirdi. Platonning gʻoyalar toʻgʻrisidagi taʼlimoti dushmani. A. taʼlimoti asosan amaliy yoʻnalishda boʻlgan; u ehtiyojlardan voz kechishga, zohidlarcha hayot kechirishga daʼvat qilgan. Anʼana-viy din va anʼanaviy davlatni rad etgan. Uningcha, oqil kishi biron-bir davlatga tegishli boʻlmay, butun dunyo tabaasi (fuqarosi)dir.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |