Antitelolar
Aksiltana — immunitet hosil qiladigan moddalar. Aksiltana teri ostiga yoki tomirga oqsil tabiatli modda (antigen) kiritilganda, unga qarshi hosil boʻladi. Antitelolar, asosan, qon zardobida toʻplanadi. Bunday qon zardobiga kasallik qoʻzgʻatuvchi mikrob toksinidan aralashtirilsa, Antitelolar toksinni neytrallaydi (antitoksinli zardob). Antitelolar bor qon zar-dobiga mikrobning oʻzi aralashtirilsa, zardobdagi Antitelolar mikrobni bir-biriga yopishtirib, gʻuj qiladi (agglyutinatsiya), baʼzan eritib yuboradi (lizis), ayrim hollarda antigenni choʻktiradi (pre-sipitatsiya).
Aksiltana qon zardoblari, xususan, gamma-globulinlar difteriya, qizamiq, qoqshol, gazli gangrena, gripp va boshqa kasalliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida keng qoʻllaniladi.
Aksiltana sud tibbiyotida ham ishlatiladi.
Adabiyotlar tahrir
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |