Antitsiklon (yun. anti… va si-klon) — atmosferada yuz beradigan hodisa; havo oqimlari harakatidan hosil boʻladigan juda katta atmosfera girdobi. Shimoliy yarim sharda soat mili yoʻnalishida, Janubiy yarim sharda esa unga qarama-qarshi harakatlanadi. A. markazida havo bosimi maksimal boʻlib, chetlariga tomon asta-sekin pa-sayib boradi. A.ning diametri 3 — 5 ming km gacha, harakat tezligi 30 — 40 km/soatga yetishi mumkin. Oʻrta Osiyoda-gi A.lar Yer yuzining boshqa hududlariga qaraganda tezroq: yozda soatiga 50 km gacha, qishda esa 60 — 65 km harakatlanadi. A. doirasida havo yuqoridan pastga qarab siljiydi. A. egallagan maydonda havoning pastga tushishi va isishi tu-fayli erkin atmosferada harorat asta-sekin koʻgariladi va natijada ob-havo koʻpincha ochiq yoki kam bulutli boʻladi. Qishda va kechasi yer yuzasida havoning sovushi natijasida A.ning pastki qatlamida inversiyalar, bulutlar va tu-manlar vujudga kelishi mumkin. A.ning Oʻrta Osiyo hududi orqali uti-560shi sovuq havo massasi bostirib kelishining oxirgi davriga toʻgʻri keladi. A. kam bulutli ob-havoni vujudga keltiradi. Sibir A.i janubi-gʻarbiy qismining Oʻrta Osiyo hududiga tarqalishi ochiq havoga sababchi boʻladi. Tohir Muxtorov.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil