Antonio José de Sucre

(Antonio Xose dedan yoʻnaltirildi)

Sukre (Sucre), Antonio Xose de (1795. 3.11 — 1830.4.6) — Amerikadagi ispan mustamlakalarida mustaqillik urushi rahbarlaridan biri. Bolivarning eng yaqin safdoshi, general, (1818), marshal (1824). 1810-yil Venesuelada ispanlarga karshi kurash ga rahbarlik qilgan Miranda armiyasiga kirgan. Ekvadorga qilingan ozodlik yurishiga bosh boʻlgan. 1822-yil Pichinchi jangida ispanlar qoʻshinini yenggan. 1824-yil 9 dekda Peruga kilingan ozodlik yurishi chogʻida Ayakuchcho yonidagi hal qiluvchi jangda yengib 1825-yil 7 fevral da LaPasga kirgan. Yuqori Peru hududida 1825-yil 6 avgustda eʼlon qilingan Boliviya Respublikasini barpo etilishida muhim roloʻynagan. 1826-yil 19 apreldan uning muvaqqat prezidenta. 1828-yil 4 mayda bolivarchilarga qarshi koʻtarilgan isyon natijasida mamlakatni tark etgan. 1829-yil 26 fevralda Xiron yaqinida Buyuk Kolumbiya hududiga bostirib kirgan perulik qoʻshinlar ustidan zafar quchgan. 1830-yil — Buyuk Kolumbiya milliy konfessi prezidenti. Fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. Boliviyaning janubidagi shahar, Venesuelaning shim.sharqidagi shtat, Ekvadordagi pul birligi S sharafiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar

tahrir