Antony Hewish (talaffuzi: Antoni Hevish) (11-may 1924, Foy, Kornuoll grafligi) — ingliz astronomi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1968-yildan). Kembrij universitetida oʻqigan. Kembrij universitetining Mallard radioastronomik rasadxonasida ishlagan (1946-yildan). Ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. Kichik burchak oʻlchamli radiomanbalarning ssintillyatsiyaskni tadqiq qilgan va Quyosh tojining tashqi qatlamlarini oʻrganish usullaridan birini taklif qilgan. Pulsarlarnk ochgan radioastronomlar guruhiga rahbarlik qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1974; M. Rayl bilan hamkorlikda)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil