Antratsit (yun. anthrakitis — ku-mir turi) — kuchli metamorflashgan qazilma koʻmir. Toshkoʻmirlar jumlasiga kiradi. Qora, yaltiroq, baʼzan kulrang va sargʻish tusda tovlanadi. Mineralo-gik shkala boʻyicha qattiqligi 2,0 — 2,5, organik massa zichligi 1500 — 1700 kg/m3; organik massaning yonish issiqligi 33,9 — 34,8 Mj/kg (8100 — 8350 kkalGʻkg); analitik namligi 1 — 3%, yonuvchi massada 9% uchuvchan modda, 97 foizgacha ugle-rod, 3 foizgacha vodorod bor. Dunyodagi koʻmir zaxirasining 3 foizini tashkil etadi. Asosan Donbass (Ukraina), Kuz-bass (Rossiya) da, AQSH, Xitoyda qazib chiqariladi. A. oʻzidan elektr tokini yaxshi oʻtkazganligi uchun undan elektrodlar tayyorlanadi. A. asosan yuqori dara-jali yoqilgʻi sifatida metallurgiyada ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil