Antre (frans. entree — kirish, sahnaga chiqish) — 1) Yevropada — oʻrta asrlarda maxsus kiyingan qahramonlarning 563musiqa, ashula va raqs joʻrligida ziyofat yoki bal kechalariga raqsga tushib kiri-shi; mehmonlarning tantanavor yurib zalga chiqishi; 2) 17 — 18-asrlarda raqs va pantomima vositasida balet qismini na-moyish qiluvchi bir yoki bir necha raqqos va raqqosalar guruhining chiqishi; 3) 19 — 20-asr baletida kengaytirilgan kirish qismi, raqqosa va raqqosning umumiy chiqishi. Bular maxsus intrada deb ata-luvchi musiqa asarlariga zamin boʻlgan; 4) sirkda ilgari: masharabozlarning manejda paydo boʻlishi; hrzir: masxa-raboz yoki qiziqchilarning soʻzlashish yoki pantomima orqali bir-biriga tu-shuntirish sahnasi. Oʻzbek masharaboz va qiziqchilari ijodida A.ga oʻxshash to-moshalar mavjud: Korfarmon bilan masxa-rabozlar dialogi („Qozi“, „Sartarosh“, „Shayton“, „Oʻlik sotdi“ va boshqalar). Zamona-viy oʻzbek sirkida A. Yusupov, G. Zastav-nikov, P. Borovikov, Papsik (P. Ulya-nov) va boshqa ijodida A. katta oʻrin tutgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil