André Antoine (1858.31.1, Limoj — 1943.9.10, Puligen) — fransuz aktyori, rejissori, teatr nazariyotchisi. Erkin teatr (1887 — 94), Antuan teatri (1897 — 1906) ni tashkil etib, ularga rahbarlik qilgan. 1906 — 14 yillarda A. „Odeon“ teatrida direktorlik, rejissorlik qildi. Teatr tanqidi va kino sanʼati bilan shugʻullandi. A. teatrning xalqchil va haqqoniy boʻlishi uchun kurashdi. A.ning estetik qarashlari, xususan, uning aktyorlik faoliyatida toʻlaligicha namoyon boʻldi. Asosiy rollari: Akim („Zulmat hukmronligi“), Osvald („Sharpa“), Kuzovkin („Tekinxoʻr“). U Erkin teatr artistlari bilan Yevropa va Rossiya boʻylab gastrolda boʻldi. A.ning „Kundaliklar“ kitobi nazariy va tarixiy qimmatga ega.

André Antoine (1893)

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil