Anushka Sen(2002-yil 4-avgustda tug'ilgan)[1] - hind aktrisasi va modeli, "Baalveer'' bolalar fantaziya shousida "Meher" rolini ijro etishi bilan tanilgan. U shuningdek, "Jhansi Ki Rani" hind tarixiy drama teleserialida Manikarnika Rao/Rani Lakshmi Bai rolini ijro etgan.
Anushka Sen Ranchi shahrida Baidya[2] oilasida tugʻilgan, keyinchalik oilasi bilan Mumbayga koʻchib oʻtgan. U Kandivalidagi Rayan xalqaro maktabida o'qigan va tijorat talabasi sifatida 12-standart "CBSE" kengashi imtihonida 89,4% ball to'plagan.[3] 2021-yildan boshlab u Mumbaydagi "Thakur College of Science and Commerce" kollejida filmografiya boʻyicha tahsil olmoqda.[4]
Anushka o'z karyerasini bolalar aktrisasi sifatida 2009- yilda "Zee TV" telekanalining "Yahaan Main Ghar Ghar Kheli" serialida boshlagan. O'sha yili birinchi marta "Humko hai Aasha" klipida rol o'ynab chiqdi. 2012-yilda u "Baal Veer" teleserialida Meher obrazini o'ynab mashhur bo'ldi. 2015-yilda u Bollivudning "Crazy Cukkad Family" filmida paydo bo'ldi.
U "Internet Wala Love va Devon Ke Dev.. Mahadev" teleseriallarida rol o'ynagan. U "Lihaaf: The Quilt" drama filmida ham rol ijro etgan va "Sammaditthi" qisqa metrajli filmida ham rol o'ynagan. 2020-yilda u "Apna Time Bhi Aayega" teleko'rsatuvida bosh rol o'ynagan, ammo uch haftadan so'ng shoudan ketgan.[5] U shuningdek, bir nechta musiqiy videolarda paydo bo'lgan, eng oxirgisi "Chura Liya" klipi edi.
U 2019-yilgi "Khoob Ladi Mardaani - Jansi Ki Rani" seriyalida Manikarnika Rao/Rani Lakshmi Bai ismli tarixiy personajni ijro etishi bilan tanilgan.[6] 2021-yil may oyida u “Far Factor: Khatron Ke Khiladi 11” realiti-shousida qatnashdi va yettinchi haftada chiqib ketdi.[7] U ushbu shouda ishtirok etgan eng yosh ishtirokchi edi.[8]