Anvar Aʼzamovich Aʼzamxoʻjayev (1928.17.02. Toshkent – 1994.19.06) – taniqli o‘zbek huquqshunos olimi va jamoat arbobi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1973)[1].

Anvar A’zamovich A’zamxo‘jayev
Tavalludi 17-fevral 1928-yil
Toshkent, O‘zbekiston SSR
Vafoti 19-iyun 1994-yil(1994-06-19)
(66 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi

Taniqli o‘zbek huquqshunos olimi va jamoat arbobi,

Oʻz FA akademigi
Mukofotlari O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati

Hayoti va faoliyati

tahrir

1928-yil 17-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.

1943-yildan o‘zi tug‘ilib o‘sgan „Eshonguzar“ mahallasida mahalla qo‘mitasi kotibi bo‘lib ishlagan.

1945–1949-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) talabasi.

1949–1951-yillarda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti aspiranti.

1952–1959-yillarda Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti “Davlat huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsenti.

1950–1953-yillarda Toshkent shahar Kengashi deputati, 1953–1957-yillarda Toshkent shahar Shayxontohur tuman kengashi deputati .

1964–1965-yillarda Toshkent davlat universiteti prorektori.

1965–1966-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1966–1970-yillarda vazir o‘rinbosari.

1970-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidiumi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari.

1971–1985-yillarda Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti dekani, O‘zbekiston Oliy sudi ilmiy-maslahat kengashi a’zosi, Adliya vazirligi Huquqiy fanlar ilmiy-metodik kengashi a’zosi.

1981–1984-yillarda Toshkent shahri Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumani kengashi deputati.

1988-yilda sobiq Ittifoq yuristlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, 1989-yilda Oʻzbekiston yuristlar uyushmasi raisi.

1989–1991-yillarda sobiq ittifoq Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi aʼzosi.

1990-yilda Oliy Kengash huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari[2][3].

1991–1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh rahbari o‘rinbosari.

1991–1993-yillarda Toshkent davlat yuridik institutining birinchi rektori[4][5].

1993-yilda O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy qo‘mitasi raisi.

1994-yilda vafot etgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan[6].

Ijtimoiy va pedagogik faoliyat

tahrir

A.Aʼzamxoʻjayev oʻzbek huquqshunoslik fanining tashkilotchilaridan biri sifatida uning ravnaqiga, yuqori malakali yurist-olimlar, amaliyotchi mutaxassislar tayyorlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Davlat huquqi, milliy davlat qurilishi nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy hamda ma’muriy huquq sohalarida tadqiqotlar olib bordi.

Olim huquqshunoslik va adliya masalalari boʻyicha 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, 40 dan ziyod darslik, monografiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Uning ko‘plab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan. Jumladan, uning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari” nomli oxirgi asari 1993-yilda e’lon qilingan.

1952-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasini rivojlantirish masalalari bilan bog‘liq mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1956-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan.

Anvar Aʼzamxoʻjayev tashabbusi bilan 1959-yilda universitetning yuridik fakultetida „Maʼmuriy-moliyaviy huquq“ kafedrasi tashkil etilgan. U umrining oxirigacha ushbu kafedraga rahbarlik qilgan, yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻzining ilmiy-pedagogik maktabini yaratgan.

1964-yilda O‘zbekistonda davlatchilik rivojiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1966-yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.

30 yildan ortiq vaqt mobaynida „Davlat huquqi va boshqaruvi; maʼmuriy, moliyaviy huquq“ mutaxassisligi bo‘yicha yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun Markaziy Osiyoda yagona ixtisoslashtirilgan kengashning raisi etib saylangan.

1967-yili Bryusselda bo‘lib o‘tgan Siyosiy fanlarning 7-xalqaro kongressida, 1974-yili Jazoirda o‘tkazilgan Demokrat-yuristlar xalqaro assotsiatsiyasining X kongressida ishtirok etgan. Shuningdek, Albaniya (1957), Mo‘g‘uliston (1965), Vengriya (1977) AQSh (1991) kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanlarda ilmiy maʼruzalar bilan qatnashgan.

Olimning tashabbusi bilan 1978-yilda sobiq Ittifoq doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun rus tilida „Правоведение“ („Huquqshunoslik“) ilmiy-nazariy jurnali chop etilgan.

Mukofotlari

tahrir

A.Aʼzamxoʻjayev Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni, „1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“ medali, „Mehnatdagi jasorati uchun“ medali, „Jasoratli mehnati uchun“ yubiley medali, „1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alabaning 30 yilligi“ yubiley medali, „O‘zbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi“ ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumining ko‘plab faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Olim 1968-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylandi, 1973-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, 1978-yilda O‘zbekiston Respublikasida, 1980-yilda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oilasi

tahrir

Oilali, to'rt nafar farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Ҳеч ким эътибордан четда эмас“ (2017-yil 17-sentyabr). 2017-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  3. „Энг юксак инсоний қадриятлар қомуси“ (2017-yil 11-sentyabr). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  4. „Ибратли умр“ (2017-yil 12-avgust). 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  5. „Тошкент давлат юридик университети“ (2023-yil 1-fevral). 2023-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  6. On ryadom s nami navsegda: pamyati Anvara Agzamxodjaeva

Qo‘shimcha adabiyotlar

tahrir
  1. Анвар Агзамович Агзамходжаев. – Тошкент, «Фан», 1988. Авторы: М.М,Мирхамидов, Х.Т.Адылкариев
  2. История одного поколения. – Тошкент, «Шарк», 2008, 220 стр. Авторы: Ш.Агзамходжаев, Н.Бокий
  3. Бир авлод қиссаси. – Тошкент, «Шарқ», 2003, 220 б. Муаллифлар: Ш.Аъзамхўжаев, Н.Боқий
  4. Эътироф. – Тошкент, «Шарқ», 2018, 222 б. Нашрга тайёрловчи: Ш.Аъзамхўжаев.