Anvar Mamajonov
Anvar Mamajonov – oʻzbek rassomi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi muallifi. Oʻzbekiston sanʼat arbobi. Oʻzbekiston xalq rassomi. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].
Anvar Mamajonov | |
---|---|
Tavalludi |
1950-yil Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent sanʼat instituti (1973) |
Kasbi | rassom |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirAnvar Mamajonov 1950-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolalik paytlaridan rasm chizishga boʻlgan qiziqishi sababli sanʼat maktabida tahsil olgan. 1973-yil Toshkent teatr va rassomlik institutining kulolchilik fakultetini tamomlagan. Dastlab kulolchilikni oʻrganib, shu yoʻnalishda ijod qilgan[2].
1982-yilda ilk yirik ishi boʻlgan „Koʻhna Toshkent“ni Toshkentdagi koʻrgazmalardan birida namoyish qilgan. 1983-yilda SSSR rassomlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.
1992-yil 2-iyul kuni rassom sifatidagi eng mashhur ishi – Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi rasman qabul qilingan[3][4][5].
Mukofotlari
tahrirOʻzbekiston grafik sanʼati rivojiga qoʻshgan salmoqli ijodiy hissasi uchun Islom Karimovning 2010-yildagi farmoniga binoan Anvar Mamajonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni bilan taqdirlangan. 2017-yilning dekabr oyida Anvar Mamajanov Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ „O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Anvar Mamajonov dars mashg'uloti olib bordi.“. O'zbekiston Badiiy Akademiyasi huzuridagi badiiy ta'lim yo'nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi (2023-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 22-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Штрихи к творчеству Анвара Мамаджанова — cyberleninka.ru“ (ru). Qaraldi: 2020-yil 11-may.
- ↑ „Мамаджанов Анвар Алимджанович“ (ru). rosgrafik.blogspot.com. 2023-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-aprel.
- ↑ „«Президент сказал: „Птица Хумо должна гордо смотреть ввысь“» — автор герба Узбекистана Анвар Мамаджанов“ (ru). gazeta.uz. 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
- ↑ „Oltin tishli buyumlar, qizil kenguru va emu hayvonlari — gerblardagi timsollar nimani anglatadi?“. Qalampir.uz (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 22-noyabr 2024-yil.