Anvar Qoʻchqorov

Oʻzbek davlat arbobi

Anvar Marasulovich Qoʻchqorov (1916-yil 16-dekabr — 1996-yil 22-dekabr) — oʻzbekistonlik davlat arbobi, diplomat.

Anvar Marasulovich Qoʻchqorov
ruscha: Анвар Марасулович Қўчқоров
 Oʻzbek SSR madaniyat vaziri
Mansab davri
1970-yildan – 1973-yilgacha
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Oʻzbek SSR taʼlim vaziri
Mansab davri
1966-yildan – 1970-yilgacha
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Oʻzbek SSR tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1951-yildan – 1953-yilgacha
Oʻtmishdoshi Yoqub Aliyev
Vorisi Nuriddin Muhiddinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 16-dekabr 1916-yil
Zangiota tumani Toshkent
Vafoti 22-dekabr 1996-yil(1996-12-22)
(80 yoshda)
Mukofotlari

Biografiya tahrir

1916-yil 16-dekabrda Toshkent tumanining Beshariq qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan.

1937-yilda Pedagogik institutni tamomlagan.

1937-1941 yillarda institutning komsomol qoʻmitasi kotibi, bosh kotibi.

1941-1942 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent shahar qoʻmitasi boshqarma rahbari.

1942-1944 — KPSS Oliy partiya maktabida diplomatik kurslarda oʻqishni davom ettirgan.

1944-1945 — KPSS Markaziy qoʻmitasi komissariat aʼzosi.

1945 — SSSRning Afgʻonistondagi elchixonasida attashe, 3-kotib.

1947 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vazirligi konsullik boʻlimi rahbari.

1947 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi.

1950 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi markaziy qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi boshligʻi.

19511953 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri.

1953 — Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.

19571961 — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Buxoro viloyat Qoʻmitasi kotibi edi.

1961-yili SSSR Oliy soveti tomonidan eng yuqori diplomatik unvon — Favqulodda va Muxtor elchi unvoni bilan taqdirlandi va Sovet Ittifoqining Togodagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

1963-yili SSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan SSSRning Dagomeyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

1966-1970 — Oʻzbekiston SSR taʼlim vaziri.

1970-1973 — Oʻzbekiston SSR madaniyat vaziri.

1973-1980 — Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.

Mukofotlari tahrir

  • Oktabr Inqilobi ordeni (1971).
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950).
  • „Hurmat belgisi“ ordeni (1957).
  • 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushi ortidagi mehnat uchun medali
  • Vladimir Ilyich Lenin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal. (8-aprel 1970).
  • Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi faxriy diplomi. (9 yanvar, 1959)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. "Diplomaticheskiy slovar" pod red. A. A. Gromiko, A. G. Kovaleva, P. P. Sevostyanova, S. L. Tixvinskogo v 3-x tomax, M., „Nauka“, 1985—1986. — T. 2, s. 127
  2. Biografiya v Spravochnike po istorii Kommunisticheskoy partii i Sovetskogo Soyuza 1898—1991