Aon Center (Chikago)
Aon Center (Amoco Building)[2] – Qoʻshma Shtatlarning Chikago shahri sharqida joylashgan osmonoʻpar bino. Ushbu bino 1973-yilda[3] Edvard Durell Stoun, The Perkins va Will meʼmorlik firmalari hamkorligida Standard Oil Building binosi sifatida[4] qurib bitkazilgan. Ushbu bino 83 qavatli boʻlib, balandligi 346 metrni tashkil etadi. Aon Center Chikagodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻlib, balandligi boʻyicha Willis Tower, Trump International Hotel and Tower va Sent-Regis Chicagodan baland hisoblanadi.
Aon Center | |
---|---|
Aon Center | |
Umumiy maʼlumot | |
Qurilishi boshlangan | 1970-yil |
Qurilishi tugagan | 1973-yil |
Narxi | 120 million dollar |
Egasi |
Mark Karasick Victor Gerstein[1] |
Dizayn va konstruksiya | |
Asosiy pudratchilar | Turner Construction |
Aon Center (Chikago) |
Aon Center shuningdek, Aon kompaniyasining bosh qarorgohi va Kraft Heinzning bosh qarorgohlaridan biri (ikkinchisi Pitsburgda) va Amoko BP tomonidan sotib olinishidan oldin sobiq jahon shtab-kvartirasi bo’lgan[5][6][7][8].
Bino qisqa vaqt ichida Chikagodagi eng baland bino sifatida eʼtirof etilgan. Aon Building binosida qurilish tugallangandan soʻng dunyodagi toʻrtinchi eng baland binoga aylandi.
Tarixi
tahrirQurilishi
tahrirStandard Oil binosi Indiana shtatidagi Standard Oil kompaniyasining bosh qarorgohi sifatida qurilgan. Standardning avvalgi bosh qarorgohi 910 S. Michigan avenyusida joylashgan. Ushbu bino 1911-yilda Karpen Brothers Furniture kompaniyasi tomonidan qurilgan va 1927-yilda Standard tomonidan sotib olingan. Yangi Standard Oil Building 1973-yilda qurib bitkazilgan. Binoda qurilish ishlari tugagandan soʻng u Chikagodagi eng baland bino va dunyodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻldi. Binoga „Big Stan“ taxallusi berildi[9]. 1974-yilda Chikagodagi eng baland bino Sears minorasi (hozirgi Willis Tower) hisoblangan. Sears minorasi 1973-yil may oyida qurib bitkazilgan[10][11]. Dastlab marmar bilan qoplangan Aon markazi, keyinchalik dunyodagi eng baland marmar bilan qoplangan bino boʻldi[11].
Bino qurilishida zilzilalarga qarshilik koʻrsatish, chayqalishni kamaytirish, ustunlar egilishini minimallashtirish uchun V shaklidagi perimetr ustunlari boʻlgan quvurli poʻlatdan yasalgan konstruktiv tizim qoʻllangan. Ushbu qurilish usuli Nyu-York shahridagi Jahon Savdo Markazining egizak minoralari uchun ham ishlatilgan.
Nomlanishi
tahrir1985-yilda kompaniya nomini Standard Oil Building Amoco Building nomiga oʻzgartirdi. 1998-yilda Amoco binoni The Blackstone Group kompaniyasiga nomaʼlum summaga sotadi, taxminlarga koʻra 430 dan 440 million dollargacha boʻlgan[12][13]. Bino 1999-yil 30-dekabrda Aon Center deb qayta nomlandi[14]. 2003-yil may oyida Wells Real Estate Investment Trust Inc. binoni 465—475 million dollarga sotib oldi[15]. 2007-yil 10-avgustda Wells Real Estate Investment Trust Inc. oʻz nomini Piedmont Office Realty Trust, Inc ga oʻzgartirdi[16].
Koʻchmas mulk investorlari Mark Karasick va Viktor Gerstein binoni 2015-yilda Piedmontdan 713 million dollarga sotib olishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Cunningham, Cathy; Grossman, Matt. „J.P. Morgan, Brookfield Provide $678M Financing Package for Chicago's Aon Center“ (2018-yil 8-iyun).
- ↑ Roeder, David. „New owner expected for Aon Center“. Chicago Sun-Times (2003-yil 21-fevral). Qaraldi: 2008-yil 18-sentyabr.
- ↑ The Sky's the Limit: A Century of Chicago Skyscrapers Saliga: . New York: Rizzoli, 1990 — 219-bet. ISBN 978-0847811793.
- ↑ „Aon Center, Chicago“. Emporis. 2006-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-aprel.
- ↑ Tadena, Nathalie; Dean, Jason; Scism, Leslie. „Aon Shifts Headquarters to London“. The Wall Street Journal (2012-yil 14-yanvar). 2017-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ "Contacts".
- ↑ Du, Lisa. „Kraft Heinz eliminated another 1,000 jobs in 2016“. Chicago Tribune. Bloomberg News (2017-yil 23-fevral).
- ↑ „Kraft Heinz preps HQ move into Chicago“. Chicago Business Journal (2015-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ „Aon Center“. Glass Steel and Stone. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-sentyabr.
- ↑ Nelson. „Sears 'Topping Out' Puts Chicago On Top“ (en). Newspapers.com (1973-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ 11,0 11,1 „1973 – Aon Center, Chicago, Illinois“. Archiseek - Irish Architecture (2009-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Aon Center, Chicago“. Emporis. 2006-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 23-aprel.
- ↑ „Aon Center“. Glass Steel and Stone. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-sentyabr.
- ↑ McManus. „AON Center Chicago: Skyscraper Architecture“. e-Architect (2018-yil 12-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-yanvar.
- ↑ „Trophy Building Sale Sets New Record“. Miller Cicero, LLC (2003-yil 7-oktyabr). 2007-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-sentyabr.
- ↑ „Wells REIT Changes Name to Piedmont Office Realty Trust“. Piedmont Office Realty Trust, Inc.. 2008-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-avgust.