Apatit – Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyatidagi shahar (1966-yildan). Imandra koʻli yaqinida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 88 ming kishi (1991). Apatit nefelin kon boyitish fabrikasi, Kareliya GRES, Rossiya Fanlar Akademiyasining Kola ilmiy markazi bor. Xibin koni ishga tushirilishi munosabati bilan 1935-yilda posyolka sifatida vujudga kelgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil