Apennin togʻlari — Italiyadagi togʻlar, Apennin yarim orol shimoli-gʻarbi (Alp togʻlari)dan janubi-sharqqa (Kalabriyaga-cha) choʻzilgan. Apennin togʻlarining uzunligi Kala-briya togʻlarini ham qoʻshib hisoblaganda 1200 km. Apennin togʻlari oʻrtacha balandlikdagi, yon bagʻirlari yotiq togʻlar. Eng baland nuqtasi 2914 m (Korno togʻi). Togʻlar, asosan, qumtosh, gil va ohaktoshlardan iborat, lava qoplamlari uchraydi. Harakatdagi va oʻchgan vulkanlar bor (Ve-zuviy va boshqalar). Binokorlik materiallari (asosan, marmar) koʻp. Iqlimi subtropik, Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Gʻarbiy yon bagirlarda yillik yogʻin 1000 — 2000 mm, sharqida, togʻ oraligʻi havzalarida 600 — 800 mm. Apennin togʻlaridan Tibr, Arno va boshqa daryolar boshlanadi. Mineral buloklar bor. Yon bagʻirlarining quyi qismi zay-tunzor, tokzor, sitrus ekinlari va doim yashil dubzorlar bilan band; yuqorida kash-tan, dub, kora qayin hamda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Eng baland qismi yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil