Aplit (yun. haploos — sodda) — magmatik yertomir togʻ jinsi. Mayda do-nali, och rangli, bir tekis kristallangan minerallar (kvars, ishqorli dala shpati, baʼzan nordon plagioklazlar)dan iborat. A. paydo boʻlish jarayoni jihatidan, aso-san, yer poʻstining chuqur qismidagi gra-nit bilan bogʻliq. Shuning uchun granit-A. deb ham ataladi. A. baʼzan yerning chuqur qismida boshqa jinslar bilan birga uchraydi. Bunday A.larni diorit-A., siyenit-A. va boshqa nomlar bilan ham ataydilar. A. asosan kvars va ortoklazdan iborat. Keramika sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil