Apnoe
Apnoe (yun. apnoia — nafasning toʻxtashi) — qonda karbonat angidrid gazining miqdori ortib ketishi na-tijasida nafasning vaqtincha toʻxtab qolishi. Baʼzan teri reseptorlarini kuchli taʼsirlaganda (mas, birdan sovuq suvga tushilganda) ham A. roʻy beradi. Yangi tugʻilgan bolada A. 10 minutcha davom etadi, chunki uning qonida kis-lorod miqdori katta yoshdagi odamlar qonidagiga nisbatan koʻproq boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |