Apokalipsis
Apokalipsis (Qiyomat) (yun. apokalypsis — bashorat) — yahudiy va xristian dinlarining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristian dinining paydo boʻlishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega boʻlgan koʻp yozuvlar vujudga kelgan, lekin ulardan faqat bittasi — „Ioann (Yuhanno) karomati“ xristianlikda Bibliya kano-niga kiritilgan, qolganlari: „Qadimgi ahd“ asarlaridan Yezdra va Varux A.lari, „Yangi ahd“ adabiyotidan Petr, Mess, Zostrian karomatlari va hokazo apokrif (soxta) deb eʼlon qilingan. Shuning uchun A. termini xristian anʼanasida faqat „Ioann karomati“ (68 — 69-yillarda tuzilgan) ga nisbatan ishlatiladi. „Ioann karomati“ oʻz mazmuni bilan „Qadimgi ahd“ yozuvlariga yaqin. Shunday boʻlsada yirik ruhoniylar (mas, Lyuter, Svingli) A.ga gumon bilan qaraganlar.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |