Apomiksis
Apomiksis (apo … va yun. mixis -ogʻish) — organizmlarning jinsiy ja-rayon sodir boʻlmasdan koʻpayishi. Tom maʼnoda A. murtakning urugʻlanmasdan rivojlanishidir. Yangi organizmning jinsiy hujayra (tuxum) yoki vegeta-tiv hujayra hosil qilishiga qarab A.ni ikkiga — partenogenez va apoga-miyaga boʻlish mumkin A. hayvonot va 579oʻsimliklar dunyosida keng tarqalgan. Mas, ogizaylangichlilar, dafniyalar, shiralar va boshqa hayvonlarda, ayrim suv oʻtlari va qirqquloklarda A. parteno-genez shaklida namoyon boʻladi. A. gulli oʻsimliklarda keng tarqalgan, 43 oilaga mansub 100 dan koʻproq urugʻda uchraydi. A. ayniqsa bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar, raʼnodoshlar oilasida koʻproq kuzatiladi. A. irsiy (regulyar) yoki irsiylanmaydigan (tasodif) boʻlishi mumkin. Murtakning changlanmasdan ri-vojlanishi avtonom A. deyiladi. Chan-glanish yoki tumshuqchada changning unib chiqishi, baʼzan murtak xaltasidagi mar-kaziy hujayraning urugʻlanishi bilan so-dir boʻladigan A. indutsirlangan A. deb ataladi. Gulli oʻsimliklarda redutsir-langan (murtak gaploid) oʻsimliklarning 6 oilasida (lavlagi, gʻoʻza, zigʻir, tamaki, arpa, bugʻdoy) redutsirlanmagan (mur-tak diploid) partenogenez (qoʻngʻirbosh, choyoʻt, qoqioʻt) mavjud. Apogamiya ad-ventiv embrioniya (murtakning mur-tak xaltasidan tashqarida urugʻ-kurtak hujayrasidan rivojlanishi) va par-tenogenez tushunchalari yaqin turadi. Koʻpayishning bu xillarida bitta urugʻda bir necha murtak rivojlanadi (sitruslarda doim uchraydigan poliembroniya). Koʻpchilik apomiktik turlarning po-pulyatsiyalarida jinsiy formalar ham aniqlangan. A.ning genetik xususiyatlaridan ayrim oʻsimliklar seleksiyasida foydalaniladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |