Apple Vision Pro
Apple Vision Pro – Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan real vaqt rejimida jismoniy va raqamli ob’ektlar birgalikda mavjud boʻlgan, oʻzaro taʼsir qiladigan yangi muhit hamda vizualizatsiya yaratish uchun real va virtual olamlarning birlashishi xususiyatli virtual realik koʻzoynagi. Qurilma ilk marta 2023-yilning 5-iyunda Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida keng ommaga taqdim qilingan. Virtual reallik koʻzoynaklariga oldindan buyurtmalar berish 2024-yilning 19-yanvardanoq boshlab yuborildi. 2024-yilning 2-fevralda Amerika Qoʻshma Shtatlari boʻylab sotuvga chiqarila boshlandi[1]. Apple Vision Pro sotuvlari AQSHdan boshqa mamlakatlarda sotilishi halihali rejalashtirilmagan. Vision Pro 2015-yilda Apple Watch chiqqandan beri Apple kompaniyasining birinchi yangi yirik mahsulot toifasidir[2]. Qurilma oʻz tipidagi, yaʼni virtual reallik koʻzoynaklarga nisbatan inqilobiy boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda koʻplab texnik blogerlar mahsulotni sinab koʻrgan holda aytib oʻtishgan.
Apple Vision Pro qurilmasi va uning batareyasi | |
Ishlab chiqaruvchi | Apple Inc. |
---|---|
Mahsulot oilasi | Vertual reallik ko'zoynaklari |
Chiqarilgan sanasi | 2-fevral, 2024-yil |
Operatsion tizimi | visionOS |
Xotirasi | 256gb, 512gb, 1tb |
Saqlash joyi | 16gb |
Vebsayt | misol.org |
Apple Vision Pro raqamli mediani real dunyo bilan birlashtirilgan qurulma sifatida sotuvga chiqarildi, hamda kompaniya tomonida „Fazoviy kompyuter“ deb ataldi. Harakat imo-ishoralari, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash kabi jismoniy maʼlumotlardan tizim bilan oʻzaro ishlashda foydalanish mumkin[3].
Qurilma visionOS[4], 3D foydalanuvchi interfeysi yordamida iOS tizimi sosida ishlab chiqilgan aralash reallik operatsion tizimida ishlaydi. Qurulma ichiga oʻrnatilgan kichik kameralar tomonidan olingan maʼlumotlar orqali foydalanuvchi va uning atrofida suzuvchi maʼlumotlarni aks ettiradi hmada koʻp vazifalarni qoʻllab-quvvatlaydi[5]. Foydalanuvchining yuzini skanerlash orqali yaratilgan avatarlarni (rasmiy nomi „Personas“) boshqa harqanday vertual xolatlarda aks ettiradi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchi yuzi sifatida chop etadi. Quloqchinlarning old tomonidagi ekranda avatarning koʻzlari tasviri („EyeSight“) aks etadi, bu foydalanuvchining atrofdagilarni aniqlik darajasini kamaytiradi yoki mutloq ularni koʻrsatmaydi va muloqotda yordam berish uchun ishlatiladi[6].
Tarix
tahrirRivojlanish
tahrir2015-yilning may oyida Apple dastlab Volkswagen kompaniyasidan kompaniya tarkibiga kiruvchi kengaytirilgan virtual haqiqat qurulmalari bilan shugʻullanadigan kompaniyasi Metaioʻni sotib oladi[7]. Oʻsha yili Apple Dolby Laboratories kompaniyasidan Mayk Rokvellni ishga oladi. Rokvell Metaio co-founder Piter Meyer va Apple Watch menejeri Fletcher Rotkopfni oʻz ichiga olgan „Technology Development Group“ deb nomlangan jamoani tuzadi. Jamoa 2016-yilda AR vertual haqiqat qurulmasining demo varyantini ishlab chiqadi, biroq bosh dizayner Joni Ayv va uning jamoasi bunga qarshi chiqadi. Kengaytirilgan reallik va virtual haqiqat (VR) eksperti va NASAning sobiq mutaxassisi Jeff Norris 2017-yil aprel oyida kompaniyaga ishga qabul qilinadi[8][9]. Rokvell jamoasi 2017-yilda iOS 11 tizmi bilan ARKit- tizimini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Rokvell jamoasi yangi turdagi quloqchin yaratishga intiladi va yangi texnikalar bilan shugʻullanuvchi Ive jamoasi bilan ishlay boshlaydi[10].
Yangi eshitish vositalarining rivojlanishi 2019-yilda Ivening jamoadan ketishi bilan toʻxtab qoladi. Uning oʻrnida ish boshlagan Evans Xenki ham 2023-yilda kompaniyani tark etadi[11]. Ivening ishdan ketishi ortidan Appleʼda ilgari oʻyinlar va grafik texnologiyalar ustida ishlagan Geoff Stahl visionOS operatsion tizimini ishlab chiqishga rahbarlik qila boshlaydi[12][13][14]. Apple-ning kengaytirilgan reallik eshitish vositasi kelajakdagi engil AR koʻzoynaklari uchun koʻprik sifatida moʻljallangan, ammo buni hali texnik jihatdan amalga oshirilishi mumkin emas edi[15][16]. 2017-yilning noyabrida Apple Kanadaning MR kompaniyasi tarkibidagi Vrvana loyihasini 30 million dollarga sotib oladi. Vrvana loyihasi qora rangni koʻrsata olmaydigan boshqa AR garnituralarining sharpaga oʻxshash proektsiyalarini emas, balki haqiqiy dunyoning tepasida toʻliq shaffof, haqiqiy rangdagi animatsiyalarni joylashtirish imkoniyatiga ega edi. Bu tashqi dunyoni suratga oladigan kameralar orasidagi tez-tez seziladigan kechikishdan qochib, bir vaqtning oʻzida 90 Gts chastotada 120 graduslik koʻrish maydonini saqlab qolish imkoniyatini berar edi. Shuningdek Vrvena tana kuzatuvini amalga oshirish uchun IR yoritgichlar va infraqizil kameralar bilan jihozlangan edi[17][18].
Texnikaga oid maxfiy maʼlumotni keng ommga oshkor qiluvchi Ueyn Maning soʻzlariga koʻra, Apple dastlab macOS dasturiy taʼminotini displeydan foydalanuvchi muhitiga olib oʻtishga ruxsat bermoqchi boʻlgan, biroq iOS-ga asoslanganligi, bazi xususiyatlari cheklanganligi sababli bu jarayon ancha erta bekor qilishgan. Marketing hodimlari qurilma bilan ishlash boʻyicha Nike kabi brendlar bilan ham hamkorlikni muhokama qilishgan. shuningdek qurulmada dastlab paydo boʻlishi kerak boʻlgan „Birgalikda mavjudlik“ deb nomlangan xususiyat ham nomalum sabablarga koʻra bekor qilingan[19].
Taqdimoti
tahrir2022-yilning may oyida Apple rahbarlari hamda bosh direktor Tim Kuk qurilmani taqdimot uchun sinovdan oʻtkazishadi[20]. Kompaniya iyun oyida qurulma uchun reklama kontentlarini ishlab chiqish uchun direktorlar va ijodkorlarni yollashni boshlaydi[21]. Aprel oyiga kelib, Apple qurulma uchun dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun ishlab chiquvchilarni jalb qilishga harakat qiladi[22]. Ajablanarlisi shundaki Apple Vision Pro-ning rivojlanishiga hissa qoʻshgan texnologiyalar uchun 5000 dan ortiq patent roʻyxatga olingan[23].
Apple Vision Pro 2023-yil 5-iyunida Appleʼning Butunjahon dasturchilar konferensiyasida ilk marta keng ommaga taqdim qilinadi, 2024-yil boshida esa AQSHda 3499 dollarboshlangʻich narxida sotuvga chiqariladi[24][25].
Qurulma taqdimoti ertasi kuniyoq Apple kompaniyasi Super Nintendo World kompaniyasining Mario Kart ride texnologiyasidan foydalaniladigan Mira AR qurulmasi startapini sotib oladi.
2024-yil 8-yanvarda Apple kompaniyasi Vision Proʻning AQShda sotuvga chiqarilish sanasi 2024-yil 2-fevralda boʻlishini eʼlon qiladi[26]. Dastlabki sotuvlar soni hisob-kitoblarga koʻra 60 000-80 000 donani tashkil etadi[27][28]. Apple ikki haftalik oldindan buyurtma berish davrida 200 000 donagacha qurulmani oldindan sotadi[29][30].
Texnik xususiyatlari
tahrirQurulma
tahrirApple Vision Pro taxminan 300 ta komponentdan iborat[31]. Uning old tomonida egri qatlamli shisha displey, yon tomonlarida alyuminiy hoshiya, ichki qismida egiluvchan matoli tasma mavjud. Hoshiyada beshta sensor, oltita mikrofon va 12 ta kamera mavjud. OLED displey odatda ob’ektiv orqali 90 FPS tezlikda ishlaydi, lekin koʻrsatilayotgan kontentga qarab avtomatik ravishda 96 yoki 100 FPS ga sozlanishi mumkin. Koʻzlar LED va infraqizil kameralar tizimi tomonidan kuzatiladi, ular Optic ID nomli qurilmaning skaneri asosini tashkil qiladi (iPhone smartfonlarida Face ID kabi autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladi). Gorizontal oʻrnatilgan motorlar koʻz harakatlarini aniq kuzatib boradigan aniq va fokuslangan tasvirlarni taʼminlash uchun linzalarni alohida koʻz pozitsiyalariga moslashtiradi. Akselerometr va giroskop kabi sensorlar yuz harakatlarini kuzatib boradi, bu esa haqiqiy dunyo va tahmin qilinayotgan tasvir oʻrtasidagi tafovutlarni kamaytiradi[31]. Qurilmaning karnaylari bosh bandining ichida joylashgan boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi quloqlari ustiga oʻrnatiladi. Bundan tashqari, unda atrof-muhit ovozini virtualizatsiya qilishi mumkin[31][32][33]. Shuningdek faol shovqinni boshqarish funksiyasi orqali chalgʻituvchi shovqinlarga butunlay yoʻqotish mukin[31]. Qurulmga buyurtma berish jarayonida foydalanuvchilar mos kelish uchun Face ID bilan iPhone yoki iPad yordamida yuzlarini skanerlashlari kerak, bu Apple Store ilovasi orqali yoki Apple Store chakana savdo joyida amalga oshirilishi mumkin[34][35].
Vision Pro chipda Apple M2 tizimidan foydalanadi. Unga real vaqt rejimida sensorli maʼlumotlarni qayta ishlash uchun ishlatiladigan qoʻshimvha Apple R1 protsessori yordam beradi. Qurilmani uchta ichki xotira konfiguratsiyasi bilan sotib olish mumkin. Bular 256 GB, 512 GB va 1 TB[36]. Tashqi quvvat manbai, Mac kompyuteridagi USB-C porti yoki ikki yarim soatlik foydalanish uchun moʻljallangan batareya toʻplami bilan quvvatlanishi mumkin[37][38]. Batareya toʻplami qurilmaga Lightning ulagichining olinmaydigan 12 pinli qulflash varianti yordamida ulanadi[39].
Oʻrnatish vaqtida foydalanuvchining yuzi qurilma tomonidan skanerdan oʻtkaziladi, bu esa OS funksiyalari tomonidan foydalaniladigan real avatarni hosil qiladi[40]. Ana shunday funksiyalardan biri „EyeSight“ boʻlib, foydalanuvchi shaxsining koʻzlarini aks ettiruvchi tashqi tomonga qaragan displeydir. Uning koʻzlari AR rejimida xiralashgan, toʻliq qora fonga choʻmganida esa xiralashgan xolda koʻrinadi, bu foydalanuvchining atrof-muhitga oid xabardorligini bildiradi. Boshqa birov yaqinlashganida yoki gapirganida, hatto foydalanuvchi toʻliq qora fonga choʻmgan boʻlsa ham, EyeSight oʻz shaxsining virtual koʻzlarini odatdagidek koʻrsatadi va boshqa odamni koʻrinadigan qiladi[37][41].
Aksessuarlar
tahrirApple Vision Pro uchun qoʻshimcha aksessuarlar orasida 199 AQSh dollari turadigan sayohat sumkasi, uzoqni koʻra olmaydigan foydalanuvchilar uchun Apple tomonidan ishlab chiqarilgan 99 dollarlik optik qoʻshimchalar, hamda 199 dollarlik yorugʻlik muhri va 29 dollarlik yorugʻlik muhri yostigʻi kiradi. Sotuvda mavjud boʻlgan yagona rasmiy uchinchi tomon aksessuarlari Belkin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan batareya ushlagichidir[42][43][44][45].
Shuningdek narxi 299 dollar turadigan birinchi tomon adapteri mavjud va uni faqat roʻyxatdan oʻtgan, pullik Apple Developer hisoblari orqali sotib olish mumkin[46][47][48].
Kamchiliklar
tahrirSotuvlardan koʻp oʻtmay, baʼzi foydalanuvchilar old displeyda oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan yoriqlar haqida xabar berishgan[49][50][51].
Dasturiy taʼminot
tahrirApple Vision Pro asosan iOS tizimi asosida[52][53].
Operatsion tizim barmoqlarni kuzatish, koʻzni kuzatish va nutqni aniqlash orqali boshqariladigan 3D foydalanuvchi interfeysidan foydalanadi. Foydalanuvchilar unga qarash va ikki barmogʻini bir-biriga jipslashi orqali elementlarni tanlashi, qisilgan barmoqlarini harakatlantirish orqali elementni harakatlantirishi mumkin. Ilovalar 3D fazoda joylashtirilishi mumkin boʻlgan suzuvchi oynalarda koʻrsatiladi. VisionOS matn kiritish uchun virtual klaviaturani, Siri virtual yordamchisini va tashqi bluetooth qurilmalarini, jumladan Magic Keyboard, Magic Trackpad va geympadlarni qoʻllab-quvvatlaydi[54][55]. Shuningdek VisionOS AirPlay yordamida boshqa Apple qurilmalariga ekrandagi tasvirni aks ettirishni qoʻllab-quvvatlaydi[56].
VisionOS App Store doʻkonidagi koʻrish ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Hamda tanlangan iOS va iPadOS ilovalari bilan mos keladi[57]. Ishga tushirilgandan soʻng visionOS 1 milliondan ortiq iOS va iPadOS ilovalarini hamda 600 ta mahalliy visionOS ilovalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo bu ilovalar orasida Netflix, Spotify va YouTube kabi platformalar mavjud emas[58]. Tahlilchilarning fikriga koʻra, bu kompaniyalarning Apple bilan App Store doʻkonidagi majburiy 30% daromad taqsimoti siyosati (jumladan, monopoliyaga qarshi daʼvolar bilan bogʻliq) tarang munosabatlari natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin[59][60]. Bu haqdagi Intervyuda Netflix hamkasbi bosh direktori Greg Piters Vision Pro hozirda kompaniyani qoʻllab-quvvatlash uchun juda qulay ekanligini, ammo „biz buni aniqlash uchun Apple bilan doim muzokaralar olib boramiz“, deb aytib oʻtgan[61][62].
visionOS „Mac Virtual Displey“ funksiyasi orqali macOS qurilmasining asosiy ekranini aks ettirishi mumkin[63].
Qabul qilinishi
tahrirTanqidlar
tahrirVision Pro rasmiy ishlab chiqarilishidan oldin Ars Technica tashkeloti xodimi Samuel Axkson Vision Pro „haqiqatan ham men hali hech qachon koʻrmagan qurilma“ deb takidlaydi. Shuningdek Apple tomonidan taqdim etilgan xoreografik demoda uning foydalanuvchi interfeysining intuitivligini taʼkidlaydi. Aksonning taʼkidlashicha, uning displeylari xira, ammo "men bu jabhada ishlatgan boshqa qurilmalarga qaraganda ancha yaxshi, garchi u hali ham mukammal boʻlmasa ham deb takidlaydi[64]. Vision Pro virtual reallik (VR) platformasi yoki Meta Platforms ning Quest (sobiq Oculus) mahsulot qatoriga raqobatchi emas, chunki u „birinchi navbatda bir nechta VR-ga ega boʻlgan AR qurilmasi“ sifatida joylashadi[65][66][67].
The Verge texnolgiyalar nashri vakili Jey Peter Apple Vision Pro-ni VR platformasi sifatida taqdim qilmagan yoki qurilmani eshitish vositasi sifatida koʻrsatmagan va uni AR qurilmasi va „fazoviy kompyuter“ deb taʼriflagan shuningdek unda faqat VR boʻlmagan oʻyinlarni namoyish qilgan deya keskin fikrlar bildirib oʻtgan. Oʻz fikrining davomida Peter qurilma Windows, oʻyinlar va ijtimoiy platformalar kabi toʻliq immersiv tajribalar oʻrniga tashqi geympad yordamida boshqariladi. Uning taklifiga koʻra, bu joylashuv "katta VR garniturasiga oʻxshamaydigan ushbu texnologiyaning kelajagi uchun siljish boʻlishi mumkin[68]. VisionOS uchun ilovalar doʻkoni yoʻriqnomalarida ham xuddi shunday taʼkidlanganidek, ishlab chiquvchilar visionOS dasturiy taʼminotini „fazoviy hisoblash tajribasi“ yoki „koʻrish ilovalari“ deb atashi shuningdek uni „qoʻshimcha reallik“ va „aralash reallik“ kabi atamalardan foydalanmasliklari kerak[69][70].
Vision Pro-ning taxminiy narxlari eʼlon qilinganidan soʻng juda yuqori narxi sabab koʻplab tanqidchilar va Apple ixlosmandlari tomonidan tanqidlarga uchradi[71][72][73]. Vision Pro-ning uchta eng qimmat komponentlari sirasiga kamera va sensorlar majmuasi, ikkita Apple kremniy chiplari va egizak 4K mikro-OLED virtual reallik displeylari kiradi. Aynan shu jixozlar sababham qurilma kutilganidan qimmatroq narxlarda sotuvga chiqarilgan edi. Xabar qilinishicha, Apple 2025 yil oxiriga qadar chiqarilishi rejalashtirilgan arzonroq model hamda undagi eski versiyadan koʻra tezroq ishlaydegan protsessorga ega ikkinchi avlod modeli ustida ishlamoqda[74]. Vision Pro, shuningdek kam batareya quvvati, boshqalarni chalgʻituvchi koʻrinishi va HDMI ulanish portining yoʻqligi hamda yomon fikr-mulohazalari tufayli ham tanqidlarga duch keldi[75] [75][75][76][77].
Sharhlar
tahrirApple Vision Proni sinab koʻrgan koʻplab jurnalistlardan turlixil izohlar olgan. Masalan: The Verge nashri vakili Nilay Patel qurilma dizaynini boshqa mavjud VR qurilmalariga qaraganda ancha sifatli ekanligini takidlab, displeylari oʻzining aniqligi va yorqinligi boʻyicha „umuman aql bovar qilmaydigan“ darajada ekanligini atkidlab oʻtgan. Patelning fikricha, Vision Pro kelajakdagi AR koʻzoynaklari uchun naʼmuna boʻlishi kerak, chunki qurilmaning hozirgi shakli texnologik va falsafiy nuqtai nazardan Apple ambitsiyalari uchun juda cheklangan va "bu asosiy gʻoyalarning baʼzilari beixtiyor ochib bergan boʻlishi mumkin[78].
Markes Braunlining „Ertangi kun gʻoyalari hamda Bugungi kun texnologiyasi“ sarlavhali maqolasida Apple Vision Pro-ni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan xatarlar miqdori uchun maqtadi hamda Vision Pro innovatsion gʻoya va qarashlarga ega, ammo yetarli texnologiyaga ega emasligini taʼkidlab oʻtgan[79].
The Wall Street Journal’dan Joanna Stern bu fikrni takrorlab, bu „men sinab koʻrgan eng yaxshi virtual reallik qurilmasi“ va „Vision Pro qila oladigan narsalarning koʻpi ilmiy fantastikadek tuyuladi“, deb taʼkidlaydi[80].
Mark Tsukerberg Meta Quest 3-ni Apple Vision Pro bilan solishtirganda Apple ekrani yuqori aniqlikka ega ekanligini tan oladi hamda uning koʻzni kuzatish xususiyatini maqtab oʻtadi, biroq uning mahsuloti Applenikidan qimmatroq ekanini taʼkidlab oʻtadi[81].
Jamoatchilik munosabati
tahrirQurilmani onlayn xaridorlarning koʻp izohlari ham ijobiy boʻlgan. Masalan Reddit platformasidagi koʻplab foydalanuvchilar qurilmadan juda mamnun boʻlib, fazoviy kompyuter kontseptsiyasiga qoyil qolgandek tuyulsada, boshqalari koʻrish maydonining kichikligi yoki umumiy VR sifatlarining yoʻqligidan nolishgan[82].
Yana bir qurilma egasi esa qurilmadan foydalangan holda avtomobil boshqarishga urunib koʻrgan. Bu haqda Apple Vision Pro foydalanuvchi qoʻllanmasida ogohlantirib buni tavsiya etmasligini yozib qoldirgan.[83] Boshqa foydalanuvchilar oʻz ijtimoiy sahifalarida piyoda yurgan holda qurilmadan foydalangani aks etgan videolarni joylashtirgan[84].
Baʼzilar xatto Apple tomonidan tavsiya etilmaydigan ishlarni qilib koʻrishgan. Masalan: minigarniturani taqqan holda ovqat pishirishgan. Lekin bu foydalanuvchilarga ovqat tayyorlash paytida bosqichma-bosqich koʻrsatmalarni osongina koʻrish imkonini bergan[85].
Shuningdek qarang
tahrir- Google Glass
- HTC Vive XR Elite
- HoloLens 2
- Sehrli sakrash
- Meta kvest 3
- Meta Quest Pro
- Piko 4
Manbalar
tahrir- ↑ „Apple Vision Pro available in the U.S. on February 2“ (en-US). Apple Newsroom. 2024-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
- ↑ Wong. „Apple announces new VR headset Vision Pro, to launch next year“. CBC News (2023-yil 5-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „Apple Vision Pro available in the U.S. on February 2“ (en-US). Apple Newsroom. 2024-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
- ↑ „Apple Vision Pro“ (en-US). Apple. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „visionOS Overview“ (en). Apple Developer. Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ „What does EyeSight show?“ (en). Apple Support. Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ Wakabayashi. „Apple Buys German Augmented-Reality Firm Metaio“. The Wall Street Journal (2015-yil 28-may). 2023-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Gurman. „Apple Hires NASA AR Guru to Help Run Its Own Efforts“. Bloomberg News (2017-yil 24-aprel). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Gurman. „Apple Renames Mixed-Reality Software 'xrOS' in Sign Headset Is Approaching“ (en). Bloomberg News (2022-yil 1-dekabr). 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ Ma. „Behind the Apple Design Decisions That Bogged Down Its Mixed-Reality Headset“. The Information (2022-yil 20-may). 2023-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Mickle. „At Apple, Rare Dissent Over a New Product: Interactive Goggles“. The New York Times (2023-yil 26-mart). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Gurman. „Apple Renames Mixed-Reality Software 'xrOS' in Sign Headset Is Approaching“ (en). Bloomberg News (2022-yil 1-dekabr). 2023-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-may.
- ↑ Gurman. „Live: Apple Headset, iOS 17 and Other WWDC 2023 Updates“ (en). Bloomberg News (2023-yil 5-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ Evans. „Will Apple play nice with others to make Siri smarter?“ (en). Computerworld (2018-yil 21-may). 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ Mickle, Tripp; Chen, Brian X.. „At Apple, Rare Dissent Over a New Product: Interactive Goggles“. The New York Times (2023-yil 26-mart). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Lawler. „Apple reportedly shelved its plans to release AR glasses anytime soon“. The Verge (2023-yil 18-yanvar). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Kevin Carbotte. „Vrvana Totem Mixed Reality HMD Prototype: Beyond Expectations“ (en). Tom's Hardware (2016-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ Lunden. „Apple acquired augmented reality headset startup Vrvana for $30M“ (en-US). TechCrunch (2017-yil 21-noyabr). 2017-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
- ↑ „Vision Pro: What features were killed and what could still be coming - 9to5Mac“.
- ↑ Gurman. „Apple Shows AR/VR Headset to Board in Sign of Progress on Key Project“. Bloomberg News (2022-yil 19-may). 2022-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Mickle. „Apple Starts Connecting the Dots for Its Next Big Thing“. The New York Times (2022-yil 4-iyun). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Gurman. „Apple's AR/VR Headset to Feature Sports, Gaming, iPad Apps and Workouts“. Bloomberg News (2023-yil 18-aprel). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Cross. „Apple Vision Pro: Apple's big bet on a brand-new platform starts at $3,499“. Macworld (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ Wiggers. „visionOS is Apple's latest operating system“ (en-US). TechCrunch (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „WWDC 2023 Biggest Reveals: Vision Pro Headset, iOS 17, MacBook Air and More“ (en). CNET. 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „Apple Vision Pro available in the U.S. on February 2“. Apple Newsroom. 2024-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
- ↑ „Kuo: Apple Will Only Produce Up to 80,000 Vision Pro Headsets for Launch, Sellout Likely“ (en). MacRumors (2024-yil 11-yanvar). 2024-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
- ↑ „Apple Vision Pro shipment dates slip nearly instantly“ (en). AppleInsider (2024-yil 19-yanvar). 2024-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ „Apple Has Sold Approximately 200,000 Vision Pro Headsets“ (en). MacRumors (2024-yil 29-yanvar). 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ „Kuo: Apple Has Already Sold Up to 180,000 Vision Pro Headsets“ (en). MacRumors (2024-yil 22-yanvar). 2024-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar.
- ↑ 31,0 31,1 31,2 31,3 Ban. {{{editor}}}: „Vision Pro teardown“. Nikkei Asia (2024-yil 28-fevral). 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Brown. „Apple Vision Pro: Full Specification – VRcompare“ (en). VRcompare. 2023-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „Apple Vision Pro“ (en-US). Apple. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Apple Vision Pro pre-orders require a FaceID scan with an iPhone or iPad“ (en-US). Engadget (2024-yil 12-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Axon. „Hands-on with Apple Vision Pro: This is not a VR headset“ (en-us). Ars Technica (2023-yil 6-iyun). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „Apple Vision Pro pre-orders are now open“ (en-US). Engadget (2024-yil 19-yanvar). 2024-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
- ↑ 37,0 37,1 Goode, Lauren (June 5, 2023). „Apple's Mixed-Reality Headset, Vision Pro, Is Here“. Wired. June 5, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 5, 2023.
- ↑ Patel. „Apple Vision Pro review: magic, until it’s not“ (en). The Verge (2024-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ Davis. „Apple's Vision Pro battery pack is hiding the final boss of Lightning cables“. The Verge (2024-yil 31-yanvar). 2024-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
- ↑ Roth. „Apple's Vision Pro headset will turn you into a digital avatar when FaceTiming“ (en-US). The Verge (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
- ↑ Song. „Apple Vision Pro hands-on, again, for the first time“ (en). The Verge (2024-yil 16-yanvar). 2024-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
- ↑ „ZEISS Optical Inserts“ (en-US). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ „Apple Vision Pro accessories: $200 Travel Case, $200 Battery, $200 Light Seal, and more“. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ Casey, Henry T.. „The 9 best Apple Vision Pro accessories to check out for your new headset“ (en). CNN Underscored (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ „Here’s how much the Vision Pro’s accessories cost“. 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.
- ↑ Khalid. „Apple’s $299 Developer Strap dongle adds a USB-C port to your Vision Pro.“ (en) (2024-yil 3-fevral). 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ „Apple Now Selling $300 Developer Strap for Vision Pro“ (en). MacRumors (2024-yil 2-fevral). 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Espósito. „Apple selling $300 Developer Strap with USB-C port for Vision Pro“ (en-US). 9to5Mac (2024-yil 2-fevral). 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Hardwick, Tim. „Handful of Apple Vision Pro Units Develop Identical Crack in Cover Glass“. MacRumors (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
- ↑ Song, Victoria. „Vision Pro owners are reporting a mysterious crack in the front glass“. The Verge (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
- ↑ Holt, Kris. „Some Apple Vision Pro units reportedly developed a similar hairline crack on the front glass“. Engadget (2024-yil 23-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-fevral.
- ↑ Wiggers. „visionOS is Apple's latest operating system“ (en-US). TechCrunch (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ „WWDC 2023 Biggest Reveals: Vision Pro Headset, iOS 17, MacBook Air and More“ (en). CNET. 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ Goode, Lauren (June 5, 2023). „Apple's Mixed-Reality Headset, Vision Pro, Is Here“. Wired. June 5, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 5, 2023.
- ↑ Peters. „Apple announces visionOS, the operating system for its Vision Pro headset“. The Verge (2023-yil 5-iyun). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
- ↑ „Your Mac and Apple Vision Pro: What You Can Do (and What You Can't)“ (en). MacRumors (2024-yil 25-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Roth. „The Vision Pro's biggest advantage isn't Apple's hardware“ (en-US). The Verge (2023-yil 10-iyun). 2023-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-avgust.
- ↑ Spangler. „Apple’s Vision Pro Won’t Have Netflix, YouTube or Spotify Apps at Launch“ (en-US). Variety (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ Pierce. „The Vision Pro's first killer app is the web, whether Apple likes it or not“ (en). The Verge (2024-yil 20-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 24-yanvar.
- ↑ Gurman. „Bloomberg - YouTube and Spotify Won't Launch Apple Vision Pro Apps, Joining Netflix“. Bloomberg.com (2024-yil 18-yanvar). 2024-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
- ↑ Wilson. „Netflix says the Apple Vision Pro is way too niche for it to make an app for the headset“ (en). TechRadar (2024-yil 25-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Patel. „YouTube says a Vision Pro app is ‘on the roadmap’“ (en). The Verge (2024-yil 5-fevral). Qaraldi: 2024-yil 6-fevral.
- ↑ „Your Mac and Apple Vision Pro: What You Can Do (and What You Can't)“ (en). MacRumors (2024-yil 25-yanvar). 2024-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
- ↑ Axon. „Hands-on with Apple Vision Pro: This is not a VR headset“ (en-us). Ars Technica (2023-yil 6-iyun). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ Turner. „Meta Announces $500 Quest 3 Headset Just Ahead of Apple Launch“. Bloomberg News (2023-yil 1-iyun). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ Holt. „The Meta Quest 3 is a $499 mixed reality headset with full-color passthrough“. Engadget (2023-yil 1-iyun). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ Lyles. „Meta Officially Announces the Quest 3“. IGN (2023-yil 1-iyun). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ Peters. „Apple made a VR headset, but it'll never admit it“ (en-US). The Verge (2023-yil 7-iyun). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
- ↑ Evans. „How to think about Apple and spatial computing“ (en). Computerworld (2024-yil 9-yanvar). 2024-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ „Apple asks developers not to refer to their visionOS apps as 'AR' or 'VR'“. 9to5mac (2024-yil 8-yanvar). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-yanvar.
- ↑ Daniel Piper. „Apple Vision Pro: The good, the bad and the ugly“. Creative Bloq (2023-yil 6-iyun). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Syme. „The crowd at the unveiling of Apple's Vision Pro headset let out a collective groan when they found out how wildly expensive it was“. Business Insider. 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
- ↑ Plant. „Fans React to Apple Vision Pro Announcement With Memes, Shock Over Price Point“. IGN (2023-yil 12-iyun). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
- ↑ „How Apple Can Bring Down the Price of Apple Vision Headset From $3,500“ (en). Bloomberg.com (2023-yil 11-iyun). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
- ↑ 75,0 75,1 75,2 Jalan. „Everything We Dislike About Apple's Vision Pro AR/VR Headset“. MakeUseOf (2023-yil 6-iyun). 2023-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
- ↑ Cranz. „The Apple Vision Pro might be a TV, but it won't replace the TV“. The Verge (2023-yil 14-iyun). 2023-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Knibbs, Kate (Jun 8, 2023). „Apple's Vision Pro Isn't the Future“. Wired. Nov 21, 2023da asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ Patel. „Apple Vision Pro review: magic, until it's not“ (en). The Verge (2024-yil 30-yanvar). 2024-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
- ↑ Apple Vision Pro Review: Tomorrow's Ideas... Today's Tech! (inglizcha), qaraldi: 2024-02-06
- ↑ Stern, Joanna. „Apple Vision Pro Review: The Best Headset Yet Is Just a Glimpse of the Future“. The Wall Street Journal (2024-yil 30-yanvar). 2024-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
- ↑ Duffy. „Mark Zuckerberg says Meta’s Quest 3 is the clear winner compared to Apple’s Vision Pro | CNN Business“ (en). CNN (2024-yil 14-fevral). Qaraldi: 2024-yil 15-fevral.
- ↑ Davis. „The first Reddit reviews of the Vision Pro are in“ (en). The Verge (2024-yil 3-fevral). 2024-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
- ↑ Kastrenakes. „It’s been 10 hours.“ (en). The Verge (2024-yil 2-fevral). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Davis. „You can’t walk and Vision Pro at the same time.“ (en). The Verge (2024-yil 4-fevral). 2024-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.
- ↑ Potuck. „Can you cook with Vision Pro? Here are the pros and cons [Video“] (en). 9TO5Mac (2024-yil 12-fevral). Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
Havolalar
tahrirVikiomborda Apple Vision Pro haqida turkum mavjud |