Aprobatsiya (lot. approbatio — tasdiqlash, maʼqullash) — 1) tahlil qilish va tekshirish asosida rasmiy ravishda maʼqullash, tasdiqlash; mas, ilmiy asarni A. qilish; 2) ekin navining haqiqiyligini, nav sifatlarini aniqlash hamda urugʻchilik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadlarida tekshirish. Oʻzbekistonda nav A.si ishlari 1925-yildan boshlangan (qarang Dala aprobatsiyasi); 3) chorvachilikda bir turdagi hayvonlar podasining zot belgilariga muvofiqligini aniqlash.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil