Aqba (arab. — togʻ yoʻli, dovon) — tarixiy geografik tushuncha. 9 — 10-asrlarda arabiynavis geograflarning asarlarida koʻp uchraydi. 10-asrda fors tilida yozilgan „Hudud ul-olam“ va „Ta-rixi Tabariy“ asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon va Pomir togʻlarida A. soʻzidan tuzilgan oʻnlab dovonni uchratish mumkin: Aqbaboshi, Aqbavodif, Aqbai Obburdan, Aqbai Gishxun, Choshi aqba va hokazo. Bu atama axba, agʻba, ovgʻa shakllarida Oʻzbekistonning bir qancha joylarida turli xil maʼnoda ishlatiladi. Mas, Samarqand viloyati baʼzi tumanlarida dovonga chiqiladigan tik yoʻlni ovgʻa deyishadi va hokazo[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil