Yangi tug'ilgan chaqaloqning boshidagi tukini "Aqiqa" deyiladi. Alloh taologa shukr ma'nosida tug'ilgan chaqaloq uchun qurbonlik qilishni ham aqiqa deyiladi. Ushbu marosimning asl nomi "Nasiqa"dir. Aqiqa Hanafiy fiqhida muboh va go'zal amaldir.


Aqiqa (arab.– "chaqaloq sochini olish, qurbonlik soʻyish") – musul-mon oilalarida yangi tugʻilgan bolaga ism qoʻyish va "qorin sochi" (bolaning tugʻilgandagi sochi)ga qaychi urish bilan bogʻliq odat. Johiliyat davridagi turli ma’bud va ma’budalarga atab qilinadigan kurbonliklar oʻrniga musulmon oilasida farzand tugʻilganligining shukronasi sifatida bir qoʻy soʻyib (imkoniyatga karab) A. marosimini oʻtkazishlik joriy etilgan.Islom an’anasida A.ni chaqaloq tugʻilgan kunning 7 yoki 14, yoxud 21 kunlari oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu kunlarda A. oʻtkazilmay qolinsa, soʻng qaysi kun-da, qachon amalga oshirilsa ham vazifa bajarilgan hisoblanaveradi. [1]

Aqiqa qurboni farzand tug'ilgandan boshlab voyaga etguncha qilinishi mumkin, faqat ettinchi kuni qurbonlik so'yilishi ko'proq fazilatlidir. Farzand tug'ilgach ettinchi kuni unga ism qo'yiladi va sochini olib, chiqqan sochi og'irligida oltin yoki kumush sadaqa qilinadi. Aqiqa qurbonligi uchun bir qo'y so'yilishi etarlidir. O'g'il farzand uchun ikkita qo'y so'yilishi kerak degan qarashlar ham mavjud.

"Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallam bizlarga o'g'il farzand uchun ikkita, qiz farzand uchun bir qo'yni aqiqa sifatida qurbon qilishimizni buyurdilar" Ibn Moja, 3163-hadis.

Yana hazrati Oisha roziallohu anhumadan qilingan rivoyatga ko'ra Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nabiralari Hasan va Husanlar (r.a) tug'ilgach ettinchi kuni aqiqa qurbonligi so'ydirib, ularga ism qo'yganlar. (Tajridi Sarih tarjimasi, XI, 401)

Islomdan avval johiliya davrida arab jamiyatida faqat o'g'il farzandlar uchun qurbonlik so'yilar, qizlar uchun bunday marosim umuman o'tkazilmas edi. Islom bunga chek qo'yib, qiz farzandlar uchun ham e'tibor berilishini ta'minladi.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

http://uzislam.com Arxivlandi 2017-01-31 Wayback Machine saytida.