Arabi posho Ahmad (1841 – 1911) – Misr xalqining 1879 – 1882-yillardagi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri, polkovnik (1879). 1881-yil sentabrda Qohira garnizoni qoʻzgʻoloniga boshchilik qildi; natijada Misr milliy hukumati tuzildi. Arabi posho harbiy vazir lavozimini egalladi. 1882-yil iyul-sentabr oylarida Misrga bostirib kirgan inglizlarga qarshi urushda rahbarlik qildi. Urushda Misr magʻlubiyatga uchragach, Arabi posho ingliz hokimiyati tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilindi, keyinchalik Seylon orolga surgun qilish bilan almashtirildi. 1901-yil Mayda afv etildi va Misrga qaytib keldi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil