Arabshunoslik — arab xalqlarining tili, tarixi, iqtisodiyoti va madaniyatini tadqiq etuvchi fanlar majmui. Arabshunoslik asli arab boʻlmagan (masalan, turkiy boʻlgan), lekin arab tilida ijod qilgan olimlarning madaniy meroslarini ham oʻrganadi. Arabshunoslik Gʻarbiy Yevropada 16-asr oxirida vujudga keldi. Rim, Parij, Leyden uning asosiy markazlari boʻlgan. 19-20-asr boshlarida arab grammatikasi, leksikografiyasi va adabiyotshunosligi boʻyicha Silvestr de Sasi, J. Belo (Fransiya), K. Kaspari (Norvegiya), U Rayt, R. Nikolson (Buyuk Britaniya), G. Fleysher, T. Nyoldeke, K. Brokkelman, G. Freytag, X. Ver (Germaniya), Ya. Goldus (Gollandiya), I. Goldsiyerlar(Vengriya) ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Arab 591 mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti muammolari bilan J. Sovaje, E. Levi-Provansal, K. Kazn (Fransiya), K. Bekker (Germaniya), D. Dennet, B. Lyu-is, G. A. R. Gibb (Angliya), K. A. Nallino, E. Rossi (Italiya), G. Kampfmeyer (Ger-maniya), Ch. Adame, J. Xeyvort-Denn, Sh. Issavi (AQSH), A. Xaurani, S. Longrigg (Buyuk Britaniya), J. Berk (Fransiya) va boshqa arabshunoslar shugʻullanganlar. Hozirda arabshunoslik bilan Leyden, Parij, Oksford, Kembrij, Galle, Praga, Rim, Qohira, Damashq, Bayrut, Jazoir, Tunis, Rabot, Hartum, Haydarobod universitetlarida, shuningdek Arab mamlakatlari ligasi (Tunis) qoshidagi Arab oliy bilimlari instituti, Islomshunoslik instituti (Bagʻdod), Sharq va Afrika mamlakatlarini oʻrganish maktabi (London), Sharq tillari maktabi (Parij) va boshqa ilmiy markazlar shugʻullanadi. Rossiyada Sankt-Peterburg, Moskva, Ukrainada Harkov, Tataristonda Qozon universitetlarida arab tili oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Sankt-Peterburg A. markazi boʻlib qolgan (19-asr). Rossiyadagi A.ka nemis arabshunosi X. D. Fren, miyerlik Shayx Tantoviylar asos solgan. Akad. B. D. Dorn, professor V. V. Grigorev, professor V. F. Girgas, akademik V. R. Rozen kabi arabshunos olimlar arab tili, adabiyoti, dini va tarixiga oid koʻplab ilmiy asarlar yaratganlar. 20-asr 20-yillar boshlarida Toshkent, Tbilisi va Bokuda A. maktablari vujudga keldi. V. V. Bartold, A. Ye. Krimskiy, I. Yu. Krachkovskiy, M. A Sale, A P. Ko-valevskiy, T. A. Shumovskiy, P. G. Bulgakov, P. A. Gryaznevich, A. B. Xolidov va boshqa oʻrta asrlar arab yodgorliklarini tarjima qilib, nashr ettirdilar. 30-60-yillarda G. V. Sereteli va I. N. Vinnikovlar Oʻrta Osiyo arablarining tili haqida monografiyalar yozdi. 70-80-ylarda arab mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, tilshunosligiga qiziqish kuchayib, bu haqda koʻplab ilmiy asarlar yaratildi, eng muhim asarlar tarjima qilindi. Oʻrta Osiyo, jumladan, hozirgi Oʻzbekiston hududida arablar istilosi (8-asr)dan keyin arab tili din va ilm-fan tiliga aylangach, mahalliy olimlar asarlarini arab tilida yoza boshlaganlar. Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Koshgʻariy, Zamaxshariy, Sam’oniy va boshqalarning fanning turli sohalari — falsafa, mantiq, geologiya, tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, arab tili va uning adabiyoti, folklori, tarixi, etnografiyasi, tarixiy geografiyasi va boshqalarga doir risolalari Sharq va Gʻarb arabshunoslari uchun hozirga qadar ham eng muhim tadqiqot manbai boʻlib qolmoqda. Islom dini, fiqh va Hadis ilmi sohasida ham Turkiston olimlari koʻplab asarlar yaratganlar. Bular jahon miqyosida (xususan arab olamida ham) yuqori baholanib, tan olingan. 19-asr 80-90-yillarida, ayniqsa, 20-asr boshlarida Turkistonda Rossiyaning mustamlakachilik maqsadidan kelib chiqib A. ilmiga birmuncha ahamiyat berildi. Toshkentda „Arxeologiya havaskorlarining Turkiston toʻgaragi“ (1895), keyinroq Peterburg sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimi vujudga keddi. Oʻzbek arabshunoslari tomonidan yaratilgan arab tili, fiqh, tarix va boshqalarga oid asarlar, lugʻatlar, arabchadan oʻzbek tiliga qilingan tarjimalar nashr etildi. Fitrat A. sohasida birmuncha ilmiy ishlar qildi. Arabshunos A. E. Shmidt arab tili, adabiyoti, islom tarixiga doir tadqiqotlar olib bordi. Xattot, manbashunos I. Odilov arabcha qoʻlyozmalarga tavsif yozdi, ularni qayta koʻchirdi. Sharqshunos S. Mirzayev arab tilshunosligiga oid „Arab tili grammatikasi“ nomli ilmiy asar yozdi (1944). Oʻzbek arabshunoslari (U. I. Karimov, H. Hikmatullayev, Sh. Shoislomov, N. Ibrohimov, A. Irisov, A. Talabov va boshqalar) arab tilida ijod etgan olimlar asarlarini tadqiq etish va ularni oʻzbek tiliga tarjima qilishda katta ishlar olib bordilar. Ar-Roziyning „Sirr al-asror“ („Sirlar siri“) nomli arabcha asarining yagona qoʻlyozmasi (rus tilida, 1957), Ibn Sinoning arabcha „Al-Qonun fit-tibb“ 592(„Tib qonunlari“) asari (rus va oʻzbek tillarida, 1-nashri 1954-61 va 2-nashri 1979-83) tarjima qilinib, nashr etildi. Beruniyning arab tilidagi ilmiy va adabiy merosini oʻrganish borasida ham muhim ishlar qilindi. Uning tanlangan asarlari (5-jilddan iborat) Oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning arab tilida yozgan asarlari toʻplami „Tanlangan asarlar“ (1983), „Astronomiyaga oid risola“si (1983) ham tarjima qilinib, nashr etildi. Oʻzbek arabshunos olimlari arabcha qoʻlyozmalarni — „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining sharq qoʻlyozmalari toʻplami“ni nashrdan chiqardilar (rus tilida, 11 jildli katalog, 1952-75).Hozirgi A. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot instituti faoliyatida ustuvor yunalishlardan biri hisoblanadi, bundan tashqari zamonaviy A. ishiga Toshkent Islom universiteti ham salmoqli hissa qoʻshmoqda, A. sohasi uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institu-ti shugʻullanadi. Ad.: Lunin B. V., Iz istorii russkogo vostokovedeniya i arxeologii v Turkestane, T., 1958; Irisov A., Toshkentda arabshunoslik, T., 1964; Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1997.Ismatulla Abdumayev.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil