Arad
Arad – Ruminiya g‘arbidagi shahar, 595Arad judesining ma’muriy markazi. Aholisi 190 ming kishidan ziyod. Buxa-rest – Budapesht magistralidagi yirik temir yoʻl tuguni. Mashinasozlikning yirik markazi. To‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, yog‘ochsozlik sanoati mavjud. Mebel ish-lab chiqariladi. Veterinariya instituti bor. Shahar 12-asrdan ma’lum.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |