Aragonit – karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCOj. Koʻpincha SrCO3 birikmasi aralashgan boʻladi. Qattiqligi, 3,5 – 4. S.ogʻ 2,9 – 3. Rangi oq, kulrang, binaf-sha rangdan qoragacha. Kristallari ig-nasimon, agregatlari tarmoqlangan. Xillari: konxit – marvarid (xitin bilan birga) va mollyuskalar chigʻanogʻining sa-daf qatlami tarkibining asosiy qismi; noʻxattosh – A.ning sementlashgan oo-litlari. Gidrotermal va gipergen yoʻl bilan hosil boʻladi.

Aragonit

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil