Aralash oʻrmonlar – keng bargli va igna bargli daraxt turlari aralash oʻsadigan oʻrmonlar. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning moʻ’tadil nam iqlimli tekisliklari va togʻlarining quyi min-taqasida tarqalgan. Moʻ’tadil mintaqaning keng bargli-igna barg-li (qayin, eman, juka, zarang, qaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr) oʻrmonlari, subtropik mintaqaning keng bargli (dafna, zaytun va boshqalar), igna bargli (kedr) aralash oʻrmonlari va boshqa turlari bor.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil