Aralash silos — turli ozuqabop oʻsimliklarning koʻk poyasi, doni, ildiz-mevalarini konservalash (surlash) usuli bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, choʻchqa va yosh buzoqlarni boqishda qoʻllanadi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, koʻk beda, kartoshka, qovoq va boshqalarning palaklari ishlatiladi. Aralash silos namligi 60 −70%, rN 4 — 4,3, sut kislotasi 70-75% boʻlishi kerak. 1 kg Aralash silos tar-kibida 0,25-0,30 ozuqa birligi, 25-30 g hazm boʻluvchi protein, 20 −60 mg karotin va 30 g dan koʻp boʻlmagan miqdorda klechatka boʻladi. Aralash silosni tayyorlash, joylash va saqlash texnologiyasi qattiq nazorat qilinishi lozim. Aralash silos oson hazm boʻluvchi uglevodlar, organik kislotalar, vitaminlar va mineral tuzlarga boy (qarang Silos).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil